Rafinya faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2025
Braziliya terma jamoasining 39 yoshli sobiq futbolchisi, 2008 yilgi Olimpiada bronza medali sovrindori Rafinya faoliyati nihoyasiga etganini aytdi.

Bu haqda ESPN xabar berdi.

"Men professional futbolchi sifatidagi faoliyatim tugaganini rasman e'lon qilaman. Uzoq vaqtdan beri rejalashtirilgan qadam bo'lsa-da, haligacha qayg'udaman. Bu mening hayotimdagi juda o'zgacha lahza. Siz har doim hayotingizdagi ishingiz bilan xayrlashish lahzasini kechiktirishni xohlaysiz, lekin men futboldagi barcha orzularimni amalga oshirdim", – dedi Rafinya.

Rafinya Myunxenning "Bavariya" 7 marta Germaniya chempioni bo'ldi, 3 marta Germaniya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi, Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi va Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqdi. U 2021 yilda Braziliyaga qaytib, "Gremio", "San-Paulu" va "Kuritiba" klublarida o'ynadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN