So’nggi yangiliklar

08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  5 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  27 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11

Meksikani o'ziga qaratgan Abbosbek Maxstaliev va Bobur Davlatov hozir qaerda? Yangiliklar

Meksikani o'ziga qaratgan Abbosbek Maxstaliev va Bobur Davlatov hozir qaerda?

Bu ikki futbolchini 2010 yil Toshkentdagi Osiyo chempionati, 2011 yil Meksikadagi Jahon chempionatidagi yorqin o'yinlari orqali taniganmiz.

AQSH, Avstraliya, CHexiya darvozabonlarini ranjitgan Abbosbek Maxstaliev mundialdan so'ng "Paxtakor"da 2014 yilgacha to'p tepdi va o'sha mavsum ikkinchi davrasida "Andijon"ga yo'l oldi. Uning katta futboldagi faoliyati nisbatan malum vaqt barqaror davom etdi deya olamiz. Har holda u 2015 yil-2018 yillarda "Neftchi"ning muhim figurasiga aylana oldi va jamoa bilan 70 dan ortiq o'yinlarda maydonga tushdi. 2019 yil Termizga yo'l olgan Abbosbek uchun bu Superligadagi so'nggi klub bo'ldi. Keyingi yillarda esa yo'llarini o'zi tug'ilgan viloyat jamoasi "Yangier" bilan bog'ladi. 2021 yil qisqa vaqt "Rubin"da o'ynab keldi. To'p tepar joriy yilda yana yashil maydonda ko'rinish berdi. "Sirdaryo FA" safida O'zbekiston kubogi guruh bosqichida 2 ta bellashuvda maydonga tushdi. O'z vaqtida "Monako" skautlarini o'ziga qaratgani va nima uchun u erda olib qolishmagani pastdagi havolada bayon qilingan. Sobiq futbolchi ayni paytda "Sirdaryo FA"da murabbiy sifatida faoliyat olib boryapti. 

Abbos Maxstaliev nima uchun "Monako"ga o'tmagan? Uni Franciyaga olib borgan agent bor haqiqatni aytdi 


"Sirdaryo FA" jamoasida yana bir Meksika yulduzlaridan Bobur Davlatov harakat qilayotganini bilmasangiz kerak. Kichik Jahon chempionatida bu ikki shovvozning gollari ikkinchi turda AQSH ustidan g'alaba keltirgan edi. 2013-2016 yillarda "Rubin-2", bu oraliqda "Jetisu", "Aktobe" liboslarini kiydi. Qozonliklar safida yoshlar ligasida 2017 yil "Nefteximik"dan O'zbekistonga qaytgan Davlatov ikkinchi davrada "Lokomotiv"ga kelib qo'shildi va O'zbekiston chempioniga aylandi. 2018-2019 yillarda "Nasaf"da muhim o'rin egalladi va 30 dan oshiq uchrashuvda 5 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. 2019 "Nefteximik"ga qaytdi. 2021 yilning ikkinchi davrasini "Metallurg"da o'tkazgan Davlatov 2022 yil Pro ligada "Andijon", 2023 yil "SHo'rtan"da o'ynadi. "Sidaryo FA" mavsumning ikkinchi qismida Abdulla Dehqonov, Ixtiyor Mahramov, Javohir Nazarqulov, Xurshidbek Odiljonov va Azizbek Bolqiboev kabi futbolchilar bilan bir qatorda Bobur Davlatovni ham qo'shib olganini elon qildi. U Birinchi liganing 16-turida "Buxoro FA" darvozasiga gol ham urdi va unda jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozondi. 



Bu futbolchilar o'zimizning yigitlardir. Paytida gollaridan bahramand bo'lganmiz. SHunday ekan bugungi holati, faoliyatiga ham befarq bo'lmasligimiz lozimdir!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика