"Sirdaryo FA" bosh murabbiyi Abbos Maxstaliev: "Maqsadimiz – akademiya yoshlariga imkoniyat berish"

Administrator
22 may 2025, 01:58
O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan "Xorazm" – "Sirdaryo FA" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Abbos Maxstaliev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Raqibni tabriklaymiz. Bizda asosan yosh futbolchilar. Maqsadimiz akademiya yoshlariga imkoniyat berish. Darvozabonimiz 15 yosh edi. Maqsad – terma jamoaga o'yinchi etkazib berish", -deydi Abbos Maxstaliev.

– Sirdaryo viloyatidan yangi Maxstalievlarni yana qachon ko'ramiz?

– Bizda har doim istedodlar bo'lgan. Terma jamoada doim biz yetishtirib bergan o'yinchilar bo'lgan.

– Hozirgi U-17 terma jamoamiz o'sha sizlarning davringizdagi jamoadan qanchalik fark qiladi?

– Ularning jamoaviy o'yini juda kuchli. Shuning samarasi o'laroq hammadan ustun kelishdi.

– Abbos Maxstalievning futbolchilik faoliyatini erta yakunlashiga sabab nima?

– Futbolchilik faoliyati o'xshamagani sababli, murabbiylik faoliyatini boshladim. Yaxshi murabbiy bo'lishga harakat qilaman.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia