Maxstaliev endi Istiqlolda

Narzulla Saydullayev
4 fev 2020, 19:41
Deyarli har mavsum oldidan jamoasini o'zgartirib kelayotgan Abbos Maxstaliev endi Istiqlolda.

Bundan bir necha yillar avval muxlislar va mutaxassislar tomonidan kelajagi porloq o'yinchi sifatida etirof etilgan Maxstalievning futbolchilik faoliyati bir tekisda kechmayapti.

Bungacha Paxtakor, Andijon, Neftchi, Navbahor hamda Surxon kabi jamoalarda o'ynagan 26 yoshli futbolchi yana jamoasini o'zgartirishga qaror qildi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Abbos yaqinda Farg'onaning Istiqlol jamoasi safiga borib qo'shildi. Hozirda Maxstaliev yangi jamoasi tarkibida Hokim Kubogi turnirida ishtirok etmoqda. Shu bois katta ehtimol bilan yarim himoyachi joriy mavsumni PRO-Liga jamoasida o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia