Azamat Abduraimov: "Mag'lubiyatdagi barcha aybni o'z bo'ynimga olaman"
16 may 2014 20:18
Yangiliklar
Azamat Abduraimov: "Mag'lubiyatdagi barcha aybni o'z bo'ynimga olaman"
"Navbahor" - "Andijon" (3:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi qatnashdi.
"Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'lim teng bo'ldi, biroq vaziyatdan foydalana olishdi. Ikkinchi bo'limda biz tavakkal qilib hujumga o'tdik. Ammo qarshi hujumdan ikkita gol o'tkazib yubordik. Hisobda ortda qolayotganimizda hujumga etibor qildik, bu pand berdi. Vaziyatni yaxshilay olishimizga ishonaman", - deb gap boshladi Abduraimov.
"O'tgan yil birinchi ligada o'ynagandik, oliy liga bilan o'rtasida juda katta farq bor. Raskovni sotib olganimiz xato bo'lgandi. Unga javob berib yubordik. Hozirgi legionerlarimiz ham o'zbekistonlik futbolchilardan bir kalla ustun emaslar. Yana qaytaraman, barcha masuliyatni o'z bo'ynimga olaman. Mag'lubiyatdagi barcha aybni o'z bo'ynimga olaman".
"SHuxrat Mirxoldirshoev jamoamiz etakchisi. Ammo bir yarim yil o'ynamadi. U yaqindagina umuman guruhga qaytdi. Yaqin orada maydonga tushishi mumkin".
"O'yinimiz chiqmayotgan vaqtda men tribunaga chiqib uni kuzatishga qaror qildim. Nimanidir o'zgartirishni o'yladim. Sababi zaxira o'rindig'idan va tribunadan kuzatishning farqi ancha katta. So'ngra o'z joyimga qaytib shogirdlarimga ko'rsatma berishda davom etdim", - deydi Azamat Abduraimov.
SHerzod Hamdamov yozib oldi.

Fikrlar