"Ayntraxt" "Lacio"ni chuv tushirdi
02 sen 2021 19:04
Yangiliklar


"Ayntraxt" "Lacio"ni chuv tushirdi
Italiyalik taniqli insayder Janluka Di Marcio Filip Kostichning "Ayntraxt"dan "Lacio"ga transferi nega barbod bo'lganini tushuntirib berdi.
Jurnalistga ko'ra, nemis klubi "Lacio"ga atayin noto'g'ri eletkron pochta manzilni taqdim etgan. Rim klubi rasmiy so'rov yuborgan, lekin "Ayntraxt" uni qabul qilib olmagan. SHunday qilib, tomonlar transfer oynasi yakuniga qadar kelishuvni muvaffaqiyatli tugatishga ulgurmagan.
Avvalroq "Lacio" o'tish shartlariga to'liq rozi bo'lgani, Kostich uchun 10 million evro va yana 2 million evro bonuslar ko'rinishida olishi haqida xabar berilgandi.
Di Marcioning yozishicha, Kostich "Ayntraxt"ning xatti-harakatlaridan xabar topganidan keyin jamoa mashg'ulotlarida qatnashishdan bosh tortgan.
Eslatib o'tamiz, "Lacio" Kostichni qo'lga kirita olmagan bois "Verona" hujumkor yarim himoyachisi Mattia Zakkanini ijaraga oldi.
O’xshash yangiliklar
14:49
Rasman: "Neftchi" O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan 4 nafar futbolchini PFLda ro'yxatdan o'tkazdi 22

Fikrlar