Endrik "Real"dan ijaraga ketmoqchi emas

Alisher Ostonov
13 iyul 2025, 17:43
Endrik mavsumlar oralig'ida "Real"ni tark etish niyatida emas.

As nashri tarqatgan xabarga ko'ra, 18 yoshli forvard boshqa jamoaga ijaraga berilishiga mutlaqo qarshi.

"U dunyoning eng katta va muhim klubida," - deydi futbolchiga yaqin bo'lgan As manbasi.

Endrik o'tgan mavsum La Ligada 22ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va maydonda o'rtacha 16 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: As