Avaz Oxun: “Eron bilan Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yin halol bo'lishiga ishonmayman”
10 avg 2017 20:00
Yangiliklar
Avaz Oxun: “Eron bilan Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yin halol bo'lishiga ishonmayman”
Avaz Oxun bilan oldimizda turgan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuv va o'zbek futboli haqida suhbatlashdik.
- Avvalambor assalomu aleykum Avaz aka tahririyatimizga xush kelibsiz.
- Assalomu aleykum qadirli futbol ixlosmandlari. Tahririyatingizga taklif qilganingizdan xursand bo'ldim.
- Birinchi savol bilan sizga murojaat qilsam. Siz sanatkorsiz, lekin shu bilan birga futbolga ham qiziqishingiz bor. Mana shu qiziqish qachon paydo bo'lgan?
- Yoshligimizdan mahallamizda to'p tepib katta bo'lganmiz. Qo'pol bo'lsa ham aytaman, futbolga qiziqmayman degan insonni qabul qila olmayman. Erkak kishi bo'la turib qanday qilib futbolga qiziqmaslik mumkin? Barcha futbol muxlislari yoshlikdan mana shu sport bilan oshno bo'lgan desam adashmayman. Yoshligimda ozg'ingina, chaqqongina bola edim. Boshqa mahalla yigitlariga qarshi futbol o'ynardik. Oradan vaqtlar o'tib oliygohga o'qishga kirgandan keyin oliygohimizda ichki chempionat bo'lardi. SHu musobaqada 4 yil ketma-ket chempion bo'lganmiz.
- O'zbek jamoalaridan kimlarga muxlislik qilasiz?
- “Nasaf”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalarining o'yinlariga befarq emasman.
- Agarda ushbu jamoalar bir-biriga qarshi to'qnash kelib qolsa kimga ishqiyuozlik qilasiz?
- Agarda shunday bo'ladigan bo'lsa chiroyli o'yinga muxlislik qilaman.
- Futbolchilar orasida yaqin do'stlaringiz bormi?
- Eng yaqin do'stim yo'q, lekin ayrim futbolchilar bilan yaxshi munosabatdaman. Odil Ahmedov bilan yaqinligimiz bor. Odil Ahmedov juda ham ajoyib inson
- Futbolchilarning fikricha sanatkorlar ularni tanqid qilishi kerma emas deb hisoblaydi. Ushbu fikrga qanday munosabat bildirasiz?
- Asosli tanqid bo'lishi kerak. Ayrim qiziqchilar Mirjalol Qosimovni tanqid qilgan. O'zimning koncert dasturimda Mirjalol Qosimovni ulug'lab gapirganman. Sababi, Qosimov buyuk futbolchi. Mirjalol Qosimov o'zbek futboli uchun qilgan mehnatni uncha-muncha futbolchilar qila olishmagan. To'g'ri, murabbiy sifatida biroz omadi kelmagan bo'lishi mumkin. Lekin tanqid bo'lgandan keyin o'rinli bo'lishi kerak. Mirjalol Qosimovni kichik bir latifa orqali qanday inson ekanligini bildirib o'tganman. Tanqid bo'lishi kerak. O'zim ham tanqid qilib turaman. SHunga yarasha tanqid qilayotgan insonni yutuqlarini ham gapirib o'tish joyiz deb bilaman. Tanqid o'rinli bo'lsa hech qachon hech kimga og'ir botmaydi, deb o'ylayman.
- O'zbek futbolining qanday yutuqli jixatlari bor deb o'yalysiz?
- Bundan bir necha yil avval O'zbekiston Futbol Federaciyasiga FIFA “fair play” sovrinini taqdim etgan. Sportda xalollik eng muhim jixat hisoblanadi. Koncert dasturimda ham arab futboli haqida gapirganman. Arablarga qarshi futbol o'ynash juda ham qiyin. Ularga qarshi maydonda bahs olib borganda jismoniy kuchdan tashqari baquvvat asab ham kerak. Arab futbolchilari raqib darvozasini bir marotaba ishg'ol qilganidan so'ng hammasi maydonga yotib oladi. Ularga qarshi qanday o'yin ko'rsatish mumkin? Futbolda ko'p narsak omadga ham bog'liq. Futbolchida vatanga bo'lgan muxabbat kuchli bo'lsa maydonda o'zini ko'rsata oladi. SHuning uchun ham terma jamoamiz safidagi futbolchilar bolr kuchi bilan harakat qilmoqda. Bundan avvalgi mundialning saralash bahsida Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda Akmal SHorahmedov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygandi. Ushbu uchrashuvni tomosha qilganman. SHorahmedov jonini berib maydonda to'p tepgan. O'z darvozasini ishg'olq ilganda ham to'pni qaytarish uchun boshi bilan to'pga zarba bergandi. Ish bor joyda xato kamchilik bo'ladi.
- Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuv oldidan futbolchilarimizga nima degan bo'lardingiz?
- Bir kuni tush ko'ribman. Tushimda Xitoy terma jamoasini mag'lubiyatga uchratgan ekanmiz. Faqat Janubiya Koreya terma jamoasiga qarshi uchrashuvni kutib turgan ekanmiz. Endi biz Xitoy terma jamoasiga qarshi o'ynayotganimizda Janubiy Koreya o'z uyida Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Meni fikrimcha ushbu bahsda Eron raqiblariga g'alabani taqdim etsa kerak. CHunki, bundan oldingi mundial saralashida koreyaliklar forslarga g'alabani taqdim etgandi. Bu erda xalol o'yin bo'lishiga ishonmayapman. Koreyada bo'ladigan uchrashuvda Eron g'alaba uchun ham durang uchun ham o'ynamasligi aniq. Avvalgi s aralashda Braziliyada bo'lib o'tgan mundialga chiqish uchun bir qadam tashlagandik. Janubiy Koreya o'z maydonida Eronga yutqazib bergan. Bu narsa endi teskarisiga qaytarilishi mumkin. Bizni xursand qiladigan tarafi imkoniyat o'z qo'limizda. Ular bir-biriga yutqazib beradimi, bir-biri bilan 10:0 o'ynaydimi bizga qizig'i yo'q. Har safar kimnidur o'yiniga qarab qolar edik. Qatar terma jamoasi Janubiy Koreyani mag'lubiyatga uchratib biz uchun katta yordam berdi. Qatar terma jamoasidan juda ham ko'p foydalandik, deb o'ylayman. CHunki bu safargi saralash bahslarida ikki marotaba Qatarni mag'lubiyatga uchratdik. Demak bu omad bilan bog'liq. Harakat qilsa Janubiy Koreyani ham mag'lub etsa bo'ladi. SHuning uchun futbolchilarimizni har doim qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Bir narsani aytmoqchimanki, “Real Madrid” va “Barselona” jamoalari o'rtasidagi bahs soat tungi 01:00da bo'lar ekan desa muxlislar uxlamasdan ko'radi. Lekin o'zimizning jamoalarimiz 18:00 yoki 19:00da o'ynasa ko'rmaymiz va ularni qo'llab-quvvatlamaymiz. SHuning uchun futbolchilarimizni barchamiz birgalashib qo'llab-quvvatlashimiz kerak.
- Ichki chempionatimizni stadiondan turib tomosha qilmayotgan ayrim muxlislarimizdan xafamisiz?
- Yo'q, chunki o'zim ham qiziqarli bo'lgan bahsni tomosha qilaman. O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi uchrashuvni maydonda turib tomosha qilganman. O'shanda terma jamoamiz mag'lubiyatga uchrayotgan paytda ayrim muxlislar raqib jamoa futbolchilarini qo'llab-quvvatlayotganini guvohi bo'lganman. Bunday bo'lishi kerak emas. G'alaba qozonsa ham mag'lubiyatga uchrasa ham u bizning jamoamiz. Ularni qo'llab-quvvatlashimiz kerak.
- Koncertlaringizda futbol haqida ko'p gapirasiz. Mana shu sport turi haqida mavzu sizga o'zidan-o'zi keladimi?
- Qiziqqaningizdan keyin mavzular o'zidan-o'zi kelar ekan. har bir sohani yutug'i ham kamchiligi ham bor. Yutug'ini ham kamchiligini ham gapirish kerak. Faqat kamchiligini gapirib bo'lmaydi. Yoki bo'lmasam faqat yutig'ini gapirib bo'lmaydi. Kamchiligi nimada yutug'i nimada shuni bilishi kerak. SHuning uchun mana shu narsani asoslab berish uchun bilib bo'lishi kerak.
- Siz uchun milliy terma jamoamizni qaysi murabbiy boshqarishini farqi bormi yoki bo'lmasam terma jamoani kim boshqarishidan qatiy nazar o'yinlarni tomosha qilib ketaverasizmi?
- Oshpaz taom tayyorlashi uchun albatta masallig'i yaxshi bo'lishi kerak. Masallig'i yaxshi bo'lmasa mana-man degan oshpaz ham shirin taom tayyorlay olmaydi. Birinchi navbatda futbolchilar zo'r bo'lishi kerak. Futbolchilar maydonda bir-birini tushunib harakat qilsa natija ijobiy bo'ladi. “Bunyodkor” stadionida Eron bilan bo'lgan uchrashuvda Odil Ahmedovning yo'qligi qanaqa oqibatga olib kelganini ko'rdinglar. Ha desa Odil Ahmedov yo'q deyishdi. Bir paytlar Mirjalol Qosimov yo'q derdik. Qachongacha bitta futbolchiga bog'lanib qolamiz. Futbolchi ham inson. U ham kasal bo'ladi, jarohat oladi. Rossiyada bo'lib o'tgan Konfederaciyalar kubogida Germaniya terma jamoasi ikkinchi tarkibi bilan musobaqaga tashrif buyurib turnir g'olibi bo'lib ketdi. Ayni damda Germaniya terma jamoasida maydonga tushib o'ynaydigan 70 nafar futbolchisi bor ekan. Bosh murabbiyi ulardan istaganini maydonga tushirishi mumkin. Bizda 11 nafar futbolchidan biri jarohat olib qolmasin, unga biror narsa bo'lib qolmasin degan havotirimiz bor. Terma jamoamiz ishtirokidagi so'nggi uchrashuvda Stanislav Andreev jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o'rniga boshqa poziciya to'p tepadigan futbolchi tushirildi. Endi savol paydo bo'lshishi mumkin. Nima uchun aynan uning o'rniga boshqa chiziqda harakat qiladigan futbolchi tushirildi deb. CHunki Andreev harakat qiladigan chiziqda uni poziciyasida harakat qiladigan futbolchi yo'q. Vitaliy Denisov jarohat olgan. Murabbiy majbur bo'lgan Stanislav Andreevni maydonga tushirishga. U ham jarohat olganidan so'ng umuman boshqa boshqa chiziqda to'p tepadigan futbolchi tuo'irildi. Bunga murabbiy majbur bo'ldi. SHuning uchun har bir chiziqda raqobatni shakllantirish kerak, deb o'ylayman. Agarda raqobat bo'lmasa futbolchilar maydonda bemalol yugurib yurishlari mumkin. SHuning uchun jamoada sog'lom raqobat bo'lishi kerak. Braziliyada istedodlarni uyma-uy yurishib qidirib topar ekan. bizda esa “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublaridan futbolchilar terma jamoaga jalb etiladi. Yoshlarimiz yaxshi natija qayd etishmoqda. O'smirlar o'rtasida Osiyo chempioni bo'lishdi. Hozir mana shu bolalar qani? Futbolchilarimiz Jahon chempionatlarida ishtirok etishgan. Qani o'shalar? O'sha paytda zo'r futbol o'ynagan yigitlarimiz nima uchun hozir ko'rinmay qolishdi? Etibor bergan bo'lsangiz Jahon futbolida barcha ishni murabbiy xal qilmoqda. Franciyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatida Portugaliya terma jamoasi g'olib bo'ldi. bunda ham bosh murabbiyning xizmatlari katta. Qaysi raqib jamoaga qanday taktika tanlash va qanday o'yin ko'rsatish kerakligini ko'rsatib berdi. Eron terma jamoasi ham u darajada kuchli emas. Alohida etirof etadigan futbolchisi ham yo'q. Ular ham bizning terma jamoaga o'xshagan bir terma jamoa. Etibor bergan bo'lsangiz Eron terma jamoasi deyarli barcha uchrashuvlarda kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Natija uchun harakat qildi. albatta bu erda murabbiyning xissasi tajribasi rol o'ynadi.
- Futbol sharhlovchilari haqida qanday fikr bildirasiz?
- Mana shu mavzu ham muhim masala. Ayni damda zo'r sharhlovchilarimiz yo'q. Futbolni sharhi uni ikki marotaba jozibali qilib ko'rsatadi. Hozir zo'r sharhlovchilarimiz yo'q. Mirzahakim aka To'xtamirzaevni sharhlarini eshitib mazza qilaman. Agarda terma jamoamiz mag'lub bo'lib qolsa “omad siz va bizni hech qachon tark etmasin, ertangi kunga ishonch bilan sizlar bilan hayrlashamiz”, deb ko'tarinki ruhda aytadilar.
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi
VIDEO. Avaz Oxun Germaniya, Akmal SHorahmedov va sharhlovchilar haqida (to'liq intervyu)
Fikrlar