"Atletiko" Milikning transferi borasida muloqotga kirishgan. "Napoli" forvard uchun 15 million evro so'ramoqda
30 dek 2020 12:38
Yangiliklar


"Atletiko" Milikning transferi borasida muloqotga kirishgan. "Napoli" forvard uchun 15 million evro so'ramoqda
"Atletiko" "Napoli" forvardi Arkadiush Milik bilan shartnoma imzolamoqchi.
Madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone polyakka jamoadan ketgan Diego Kostaga ajoyib o'rinbosar sifatida qaramoqda va tomonlar aloqaga ham chiqishgan. Qayd etish kerakki, Milik katta mamnuniyat bilan "Atletiko"ga o'tadi.
SHu bilan birga "Napoli" bilan muzokaralarda muammo bor. Iialiya klubi forvardning ketishidan kamida 15 million evro ishlab olmoqchi va yozda shartnomasi tugaydigan futbolchiga bunday narx qo'yilishi "Atletiko"ga to'g'ri kelmaydi.
26 yoshli Milik joriy mavsum klubi safida umuman maydonga tushmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar