"Atletiko" "Gerta" vingeri Kunyani 30 mln evro evaziga xarid qiladi
24 avg 2021 16:52
Yangiliklar
"Atletiko" "Gerta" vingeri Kunyani 30 mln evro evaziga xarid qiladi
"Gerta" qanot hujumchisi Mateus Kunya faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettiradi.
Berlin klubi uning transferi borasida "Atletiko" bilan kelishuvga erishdi.
Madridliklar Braziliya terma jamoasi tarkibida Tokiodagi Olimpiadada chempion bo'lgan futbolchi uchun bonuslar bilan birga 30 mln evro to'lashadi.
Tomonlar og'zaki kelishuvga erishishdi, hujjatlarga hali qo'l qo'yilmagan.
Fikrlar