“Atletiko” futbolchisi London klubiga o'tishi mumkin
05 may 2020 08:10
Yangiliklar


“Atletiko” futbolchisi London klubiga o'tishi mumkin
Tomas Parti faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
“Atletiko Madrid” klubi yarim himoyachisi faoliyatini Londonning “Arsenal”ida davom ettirishga tayyor. Bu haqida Britaniya OAVlari xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Parti Mikel Arteta ustozlik qilayotgan klubga o'tish istagini bildirgan. Tomasning tovon puli 45 mln evro tashkil etadi. Avvalroq futbolchining Madrid klubi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Parti La Liganing joriy mavsumida 24 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar