"Atalanta" hujumchisi "Inter"ga o'tishga yaqin
10 avg 2021 13:40
Yangiliklar
"Atalanta" hujumchisi "Inter"ga o'tishga yaqin
"Inter" "Atalanta" hujumchisi Duvan Sapata bilan shartnoma imzolashga yaqin.
Milan klubi 30 yoshli kolumbiyalik futbolchini "CHelsi"ga o'tadigan Romelu Lukakuga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
"Inter" Kolumbiya terma jamoasi o'yinchisining transferini yakunlash uchun bir necha detallarni hal qilishi qoldi xolos.
Sapata o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 14ta assist qayd etdi.
Fikrlar