Astori uyqusida vafot etmagan edi
08 iyu 2018 15:03
Yangiliklar


Astori uyqusida vafot etmagan edi
"Fiorentina" klubi sobiq himoyachisi Davide Astori uyqusida vafot etmagan, deya xabar bermoqda Corriere della Sera nashri.
Tibbiy ekspertizadan so'ng shifokorlar shunday qarorga kelishdi. Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi bradiaritmidan emas balki taxiaritmidan vafot etgani malum bo'ldi. Astori o'limidan oldin uning yuragi sekin urmagan, aksincha tez ura boshlagan va uyg'onib ketgan. Astori uxlayotgan vaqtida vafot etmagan, shifokorlarning aytishiga ko'ra, kimdur o'sha erda bo'lganida uni qutqarib qolish mumkin edi. Afsuski futbolchi jamoa sardori bo'lgani tufayli yotoqxonada bir o'zi yashagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar