So’nggi yangiliklar

21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  4 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  46 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8

Asror Aliqulov: "Faoliyatimda yangi chaqiruv? Buning vaqti keldi, deb o'ylayman" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Faoliyatimda yangi chaqiruv? Buning vaqti keldi, deb o'ylayman"

"SHo'rtan" bosh murabbiyi Asror Aliqulov Coca Cola O'zbekiston Kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinga tayyorgarlik jarayonida raqibga qarshi agressiv to'p tepishni rejalashtirgandik. Afsuski, ilk daqiqadan xatoga yo'l qo'ydik. "Paxtakor" esa jazoladi. Ular tezlik tomonlama yaqqol ustunlik qilishdi. Bugun Pro liga va Superliga o'rtasida farq sezildi. Har tomonlama kuchli ekanligi sezildi", – dedi Asror Aliqulov.

- Birinchi bo'limda jamoa imkon qadar kurashdi va munosib qarshilik ko'rsata oldi. Ikkinchi bo'limda futbolchilarni kuchi etmadimi?

- Maydon egalarida ikki qanot himoyachilari hujumga chiqadi. SHu pallada to'pni yo'qotmasdan, qarshi hujumga o'tishimiz kerak edi. Birinchi bo'limda hujumlarimizni yakunlay olmadik. Oxirgi pas etishmadi. Ikkinchi bo'limda xatolar ko'rindi. Tahlil qilamiz. 

- Faoliyatingizda yangi chaqiruv olishni vaqti kelmadimi? "SHo'rtan"da uch yildan beri mehnat qilib kelmoqdasiz. Balki yangi mavsumda jamoangizni o'zgartirarsiz? O'sishingiz uchun ham bu kerak...

- Vaqti keldi, deb o'ylayman. CHunki har yili yangi jamoa tuzamiz. Futbolchilarni saviyasini bir-biriga yaqinlashtirish uchun vaqt kerak bo'ladi. Bu tomondan juda katta qiyinchilikka duch kelyapmiz. 

- Birinchi davradagi va SHackix kelgandan keyingi "Paxtakor" o'rtasida qanday tafovut sezdingiz?

- "Paxtakor" Superligada yaxshigina qarama-qarshilikka duch kelmoqda. Futbolchilar SHackixni uslubiga ko'nikishi uchun vaqt kerak. O'yin uslubida o'zgarish bor. Superligada "Neftchi"ga qarshi o'yinni hisobga olmaganda to'liq ustunlik qilmayapti. Biroq o'yinni nazorat qilish borasida o'sish bor.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика