So’nggi yangiliklar

12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  0 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  2 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  10 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  26 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  37 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0

O'FA va "Lokomotiv" Ravshan Muqimovni taqdirladi Yangiliklar

O'FA va "Lokomotiv" Ravshan Muqimovni taqdirladi

"Lokomotiv" PFK sport direktori Ravshan Muqimov muborak 60 yoshni qarshi oldi.

Shu munosabat bilan kecha bo'lib o'tgan Pro liga 1-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Lokomotiv" uchrashuvi paytida O'FA hamda "Lokomotiv" PFK rahbariyati tomonidan taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Tadbirda O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov O'FA tasis etgan "O'zbekiston futboli rivojiga qo'shgan hissasi" uchun maxsus ko'krak nishonini topshirdi. Shuningdek, "Lokomotiv" PFK vice-prezidenti To'labek Akramov naqshinkor ramka ichiga solingan "Muqimov 60" yozuvli futbolkani klub sovg'asi sifatida taqdim etdi. Taqdirlash marosimida O'FA prezidenti maslahatchisi Avaz Azizxo'jaev bilan O'FA faxriylar Kengashi raisi To'lagan Isoqov ham ishtirok etdi.

Malumot o'rnida shuni aytishimiz mumkin, Ravshan Muqimov bir necha yillardan beri "Lokomotiv"dagi faoliyati orqali o'zbek futboli rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. 2002 yil "Lokomotiv" PFK tashkil etilganidan beri Ravshan Qobilovich klub sport direktori lavozimida faoliyat yuritib kelyapti. Ravshan Muqimov bir qancha shogird etishtirib chiqqani bilan ham futbolimiz kishilari orasida hurmat va ehtirom qozongan.

Fursatdan foydalanib, Ravshan Muqimovni qutlug' 60 yoshi bilan muborakbod etamiz. U kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik hamda o'zbek futboli rivoji uchun hissa qo'shishda davom etishlarini tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика