So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Artyom Petrosyan: "Afsuski, oxirgi o'yinlarda bitta xato ham biz uchun qimmatga tushyapti" Yangiliklar

Artyom Petrosyan: "Afsuski, oxirgi o'yinlarda bitta xato ham biz uchun qimmatga tushyapti"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Metallurg" – AGMK (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Artyom Petrosyan o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- AGMK bejiz 2-o'rinda bormayotgandi, shuni inobatga olib, astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Afsuski, oxirgi o'yinlarda bitta xato ham biz uchun qimmatga tushyapti. Yigitlar oxirigacha o'ynaganliklari odamni xursand qiladi. 

- Jamoa yakuniy pallada, oxirgi nuqtani qo'yishda oqsayapti...

- Qiyin savol bo'ldi. Ko'plab sabablar bor. Qaerdadir noaniq zarbalar pand beryapti, yana futbolchilar uzatmalar amalga oshirilganda o'z poziciyasida bo'lmay qolgan paytlar bo'lyapti, aldab o'tish chog'ida ham muammolar kuzatilmoqda. 

- Bosh murabbiy Jasur Abduraimov jamoani tark etdi. "Metallurg"ni mavsum oxirigacha kim boshqarib turadi?

- Hozir ispaniyalik Luis Manuel Ernandes menejerlik qilyapti, mashg'ulotlar jarayonida ham ish olib bormoqda. 

- Mahmudjon Qudratillaevning o'yini haqida qanday fikrdasiz?

- Adashmasam, u mavsumdagi 2-o'yinini o'tkazdi. Albuttu, undan ko'p narsa kutilgandi, u o'z darajasida o'ynadi. Qudratillaev o'yin taraflama 100% tayyor deb bo'lmaydi, chunki operaciyadan keyin 3 oyni o'tkazib yubordi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика