Arteta yirik mag'lubiyatdan so'ng: "Nima haqida o'ylayotganimni aytsam, meni 6 oyga diskvalifikaciya qilishadi"
13 may 2022 07:51
Yangiliklar
Arteta yirik mag'lubiyatdan so'ng: "Nima haqida o'ylayotganimni aytsam, meni 6 oyga diskvalifikaciya qilishadi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta ushbu o'yindagi hakamlikdan norozi. "Kanonirlar" himoyachisi Rob Xolding 8 daqiqa ichida ikkita sariq kartochka oldi va maydondan chetlatildi.
"Agar aslida nimalarni o'ylayotganligimni aytsam, meni 6 oyga diskvalifikaciya qilishadi. Men aldashni bilmayman, shuning uchun nimalarni o'ylayotganimni atmay qo'ya qolaman.
Futbolchilarimning harakatlariga etirozim yo'q. Ular bilan g'ururlanaman. Hakam kameralar qarshisiga chiqib, o'z qarorini tushuntirib berishini istayman. Bu sharmandalik. CHiroyli o'yinni barbod qilishdi.
Qaror qabul qilib bo'lindi. Biz uni o'zgartira olmaymiz. Futbolda qarorni hakamlar qabul qilishadi.
Bu o'yin endi tarix. Oldinda "Nyukasl" bilan bahs kutib turibdi. Barcha yana ikkitadan o'yin o'tkazishi kerak. Hammasi o'z qo'limizda. Biz o'z ishimizni bajarishimiz kerak", - dedi Arteta.
Fikrlar