Arteta O'zilning nega o'ynamayotganligi haqidagi savolga javob berdi

Alisher
24 sen 2020, 17:46
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yarim himoyachisi Mesut O'zil haqida gapirdi.

"Biz har bir aniq o'yinga eng yaxshi tayyor bo'lgan futbolchilarni tanlaymiz. Tarkibga kirish juda qiyin va bu nafaqat O'zilga, balki boshqa futbolchilarga ham tegishli.

Men tushunaman va sizning savollaringizni hurmat qilaman, ammo men o'z ishimni imkoni boricha adolatli qilishim kerak. Men eng yaxshi holatda bo'lganlarni tanlayman", - deydi Arteta.

Mesut O'zil so'nggi yillarda katta maoshi bilan o'yin darajasi borasida ko'plab tanqidlarga uchradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports