Arshavin: "Liverpul"ga qarshi to'rtta gol urgan o'yinim faoliyatimdagi eng yaxshisi emas"
19 apr 00:53
Yangiliklar
Arshavin: "Liverpul"ga qarshi to'rtta gol urgan o'yinim faoliyatimdagi eng yaxshisi emas"
Jurnalist rossiyalik mutaxassisdan "Liverpul"ga qarshi o'yin siz uchun eng yaxshisi ekanligi aniq. Ikkinchisi qaysi deb so'radi. Arshavinning fikri esa boshqacha bo'ldi:
"Enfild"dagi o'yinni faoliyatimdagi eng yaxshisi deb hisoblamayman. Evro-2008'da Niderlandiyaga qarshi chorak finalni birinchi o'ringa qo'yardim.
Mazkur o'yin ahamiyati va keskinligi jihatidan beqiyos sanaladi. “Liverpul” bilan durang o'ynadik, bu umuman hech narsaga tasir qilmadi".
Eslatib o'tamiz, Andrey Arshavin "Arsenal" safida "Liverpul" darvozasini bir o'yinda 4 marotaba ishg'ol qilgan, biroq uchrashuv 4:4 hisobida yakunlangan.
Rossiya tarkibida esa 2008 yilgi Evropa CHempionatida Niderlandiya darvozasiga qo'shimcha bo'limda gol urib, jamoasining yarim finalga yo'l olishiga hissa qo'shgan.
Fikrlar