"Zenit" – mamlakat chempioni, Rossiya klublari esa evrokuboklarga qaytmoqda"

Omonjon To`xtamirzayev
1 yanv 2024, 12:55
Andrey Arshavin kirib kelgan yangi 2024 yildan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

– Kirib kelgan yangi yil bilan tabriklayman! Barchani sport bilan shug'ullanishga, sog'lom turmush tarziga amal qilishga, musobaqalarda ishtirok etish va sovrinlarni qo'lga kiritish hamda salomat bo'lib qolishingizni tilayman.

– Siz uchun ideal 2024 yil?
– "Zenit" – mamlakat chempioni, Rossiya klublari esa evrokuboklarga qaytmoqda, – dedi "Zenit" va Rossiya termasi sobiq futbolchisi

Sankt-Peterburg klubi so'nggi 5 yilda Rossiya chempionligini qo'lga kiritgan. Bu mavsum jamoa 18 turdan keyin Mir RPLda 2-o'rinni egallab turibdi va yetakchi "Krasnodar"dan 2 ochkoga ortda qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi va klublari FIFA va UEFA musobaqalaridan 2022 yilda chetlatilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Матч ТВ