"Arsenal" sobiq futbolchisi: "O'zil klub haqida qayg'urmaydi, u faqat o'zini o'ylaydi"
03 avg 2020 15:54
Yangiliklar
"Arsenal" sobiq futbolchisi: "O'zil klub haqida qayg'urmaydi, u faqat o'zini o'ylaydi"
"Arsenal" sobiq o'yinchisi Perri Grouvz "CHelsi" (2:1)ga qarshi Angliya Kubogi finali doirasidagi o'yindan so'ng "to'pchilar" xavbeki Mesut O'zil haqida gapirdi.
"Mesut taqdirlash marosimida bo'lmagan. Bu hammasini ko'rsatadigan lahzadir. O'zil klub haqida qayg'urmaydi, u faqat o'zini o'ylaydi.
Uylaymanki, u allaqachon bu jamoadagi vaqtlari tugaganini biladi. Agar u mening jamoadoshim bo'lganida... SHundan so'ngi bizning aloqalarimiz tugagan bo'lardi", - deydi Grouvz.
Germaniyalik yarim himoyachi 2013 yildan beri "Arsenal"da o'ynaydi. O'zil joriy mavsum APL doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar