"Arsenal" "Real" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
23 mar 2024, 13:10
Londonliklar "Real" darvozaboni Andrey Lunin xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Londonda Aaron Remsdeylning ehtimoliy ketishi tufayli darvozabon izlashni boshlab yuborishgan.

Luninning joriy mavsum ko'rsatayotgan ishonchli o'yini "kanonirlar" e'tiborini tortdi. Ushbu transferni jamoa ustozi Mikel Artetaning shahsan o'zi istamoqda. 

Andrey bu mavsum 23 o'yinda maydonga tushib 19 ta gol o'tkazib yubordi va 10 o'yinda o'z darvozasidan to'p qo'yib yubormadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Defensacentral