"Arsenal" "Nyukasl" futbolchisiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2026, 12:53
Londonning "Arsenal" klubi transfer bozoridagi faolligini davom ettirmoqda.

"Kanonirlar" jamoa uchun yangi markaziy himoyachi, shuningdek, hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida vinger bilan shartnoma imzolashni istamoqda.

"Caught Offside" ma'lumotlariga qaraganda, "Arsenal" "Nyukasl" vingeri Entoni Gordonga qiziqish bildirmoqda. Angliyalik futbolchi "Everton"da o'ynagan davridanoq klub diqqat markazida bo'lgan, "hakkalar" safidagi o'sishi esa bu qiziqishni yanada kuchaytirgan.

"Arsenal" Gordonni Gabriel Martinelliga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Martinelli o'z imkoniyatlarini yakunlashni yaxshilagan bo'lsa-da, hujumning so'nggi bosqichida hali ham barqaror emas.

"Nyukasl" o'zining asosiy futbolchilarini sotishni rejalashtirmayapti, biroq moliyaviy cheklovlar sabab kelishuvga majbur bo'lishi mumkin. Avvalroq Gordon transferi qiymati taxminan 80 mln funt atrofida bo'lishi mumkinligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside