"Arsenal" CHalxanogluga taklif tayyorladi
07 may 2021 10:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635575_original.jpg)
![](/upload/storage/635575_220.jpg)
"Arsenal" CHalxanogluga taklif tayyorladi
"Milan" yarim himoyachisi Xakan CHalxanoglu yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Turkiyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi CHalxanogluga taklif berdi va uning agenti bilan aloqada bo'lib turibdi. Qayd etish kerakki, Xakanni shuningdek "Galatasaroy" va "Yuventus" klublari kuzatmoqda.
27 yoshli yarim himoyachining "Milan" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, shu sabab u yangi klubiga tekinga tushadi.
Futbolchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 9ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar