"Arsenal" "Atletiko" bilan muzokaralarni boshladi
03 may 2020 13:55
Yangiliklar
"Daily Mail" xabariga ko'ra, "Atletiko" xavbeki Tomas Parti yozda jamoani tark etishi mumkin. "Arsenal" futbolchining otasi va agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Qayd etilishicha, londonliklar xavbek bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Bunga qadar uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Inter" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi.
Ushbu mavsumda Parti LaLiganing 24 o'yinida 2 gol urishni uddaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar