APLda 18 yil ichida ilk bor bosh murabbiy avgust oyida ishdan bo'shatildi
30 avg 2022 22:25
Yangiliklar
APLda 18 yil ichida ilk bor bosh murabbiy avgust oyida ishdan bo'shatildi
Angliya Premer-ligasi jamoasi 18 yil ichida birinchi marta avgustdayoq bosh murabbiyni istefoga chiqardi.
"Bornmut" bugun Skott Parkerni istefoga chiqarganini elon qildi. Jamoa mavsum boshida chempionat doirasidagi to'rtta o'yindan uchtasida mag'lubiyatga uchradi, shu jumladan, oxirgi o'yinda "Liverpul"ga 9:0 hisobida mag'lub bo'ldi.
Premer-liga tarixida bosh murabbiy oltinchi marta avgust oyida ishdan bo'shatilmoqda. Oxirgi marta bunday hodisa 2004/05 yilgi mavsumda kuzatilgan. O'shanda "Nyukasl"dan Bobbi Robson, "Sautgempton"dan Pol Starrok istefoga chiqarilgan.
Bungacha Rud Gullit, Kenni Dalglish (ikkisi ham "Nyukasl") va Piter Rid ("Manchester Siti") avgust oyida ishdan ketgan.
Fikrlar