So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  7 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  7 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  12 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  8 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Superliga. "Mashal" supergol evaziga penaltidan gol urolmagan "So'g'diyona"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Mashal" supergol evaziga penaltidan gol urolmagan "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

O'zbekiston Superligasi 3-tur doirasidagi "Mashal" – "So'g'diyona" o'yini yakunlandi.

“Mashal” – “So'g'diyona” 1:0
29.03.2025. "So'g'diyona", Jizzax. 20:00
Bosh hakam:
 Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov
Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: Edita Mirobidova
AVAR: Amir Galeev
Komissar: Davron Ibrohimov

Gol: 1:0 – 45+4, Islombek Baratov (Javohir Abdualimov).

"Mashal": 35.Doston To'xtaboev, 2.Mudasiru Salifu, 5.Samandar Ochilov, 6.Javohir Abdualimov, 7.Islombek Baratov, 8.Sardor Abduraimov (19.Islom Sharipov, 80), 9.Ibrohim G'anixonov (17.Anvar Murodov, 62), 10.Humoyun Murtozaev (30.Shohnazar Norbekov, 86), 15.Muhammadali Aliqulov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 34.Shaxboz Jo'raev

Zaxira: 1.Umidjon Hamroev, 18.Dilshod Rahmatullaev, 22.Nurjahon Muzaffarov, 27.Zafarbek Akramov, 37.Sherzod Fayziev, 96.Ibrohim No'monov

"So'g'diyona": 21.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islom Qobilov (42.Sardorbek Erkinov, 90+5), 4.Otabek Ahadov, 5.Behruz Jumatov (99.Umidbek Sultonov, 46), 7.Xondamir Mustafoqulov, 14.Lyupcho Doriev, 17.Exsoni Panshanbe (9.Samandar Mavlonqulov, 77), 19.Javohir Qahramonov, 28.Stanislav Andreev (8.Suhrob Izzatov, 56), 32.Nodirjon Soyibov (77.Luka Jorjevich, 56)

Zaxira: 27.Milan Mitrovich, 6.Samandar Sindarov, 20.Fazliddin Omonkeldiev, 23.Sardorbek Hoshimov

Ogohlantirishlar: Zoir Jo'raboev (19), Ibrohim G'anixonov (29), Islom Qobilov (56), Samandar Mavlonqulov (84), Avazxon Mamatxo'jaev (90+5).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+8. "So'g'diyona" so'nggi standart vaziyatga ega bo'ldi. Erkinovning uzatmasiga jarima maydonidagi sherigi ulgurmadi, aks holda hisob tenglashishi mumkin edi.

90+5. Avazxon Mamatxo'jaev fol ishlatgani uchun ogohlantirildi.

90+5. "So'g'diyona" oxirgi o'zgarishni amalga oshirdi.

90+3. Standart vaziyatdan so'ng "So'g'diyona" futbolchisining bosh bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqqani bois To'xtaboev qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

90+2. Mavlonqulovning olisdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

86. Xavfli vaziyat! Murtozaev supergolga mualliflik qilishi mumkin edi, uning kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

84. Mavlonqulov qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

83. Xavfli vaziyat! Jorjevich qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi, uning yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

80. "Mashal"da ham o'zgarish sodir etildi.

77. "So'g'diyona" o'zgarishga qo'l urdi.

74. "Mashal" darvozaboni Doston To'xtaboev Javohir Qahramonovning penaltidan tepgan zarbasini qaytardi!

70. "Mashal" darvozasi tomon penalti belgilandi. Panshanbening zarbasi Baratovning qo'liga tegdi. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda.

68. Xavfli vaziyat! Murodov to'p uchun kurashda Qobilovdan ustun kelib, zarba yo'lladi. Sobirov jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

65. "So'g'diyona" futbolchisi tomonidan yo'llangan zarba Salifuga tegib, maydonni tark etdi. 

63. Xavfli vaziyat! Sultonov tomonidan yo'llagan zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

62. "Mashal" tarkibida ham o'zgarish bo'ldi.

56. "So'g'diyona" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

56. Qobilov Murtozaevni to'xatib qolgani uchun ogohlantirildi.

54. Panshanbening o'ng qanotdan uzatmasini Baratov bartaraf etdi.

50. "So'g'diyona" standartga ega bo'ldi. Andreevning uzatmasi raqib tomonidan qaytarildi.

48. Uzatma Andreev tomonidan qaytarildi.

47. G'anixonovga nisbatan fol ishlatildi. "Mashal" raqib jarima maydoni yaqinidan jarima zarbasi ijro etadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. GOL! Supergol! Baratovning o'ng qanotdan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi va Sobirov qo'riqlayotgan darvoza to'ridan o'rin oldi!

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. "So'g'diyona" burchak to'pi ishlab oldi. Andreevning uzatmasi qiyinchilik bilan qaytarildi.

43. "Mashal" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

42. Xavfli vaziyat! Standart vaziyatdan so'ng "So'g'diyona" futbolchilaridan birining zarbasi avval hakamga, so'ngra o'z jamoadoshiga tegib qaytdi.

40. Andreev burchakka yaqin nuqtada yiqitildi. Standart vaziyat.

38. "Mashal" futbolchisi Ochilovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

33. Soyibovning uzatmasi ham jamoaning avvalgi urinishlari singari noaniq ko'rinish oldi. "Mashal"da ham shunday muammo mavjud.

29. Ibrohim G'anixonov hakam tomonidan ogohlantirildi.

27. Xavfli vaziyat! Mustafoqulovning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, ammo noaniq ko'rinish oldi.

25. Baratovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Sobirov ushlab oldi.

21. Xavfli vaziyat! Panshanbe raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatda uni dog'da qoldira olmadi. 

19. Dorievning pasidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Jo'raboev unga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.  

17. Andreevning uzatmasidan so'ng Panshanbe havodagi to'p uchun kurashda fol ishlatdi.

14. "So'g'diyona"ning standart vaziyati muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

12. "So'g'diyona" to'pni nazorat qilmoqda, ammo oldinga o'tishga shoshilmayapti.

7. "So'g'diyona" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Zarbani Sobirov qaytardi.

VAR "So'g'diyona" darvozasi tomon ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda. Ammo qaror o'zgarmadi.

4. Ibrohim G'anixonov bir nechta raqibini ortda qoldirdi va qo'pollik evaziga to'xtatib qolindi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Mashal" ko'k, "So'g'diyona" och pushti rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика