APL, La Liga va Bundesligada eng ko'p maosh oluvchi murabbiylar malum
28 mar 12:33
Yangiliklar


APL, La Liga va Bundesligada eng ko'p maosh oluvchi murabbiylar malum
Bu haqda "L'Equipe" xabar berdi.
Ispaniyalik murabbiy soliqlardan tashqari oyiga 1,98 mln evro maosh oladi. Bu barcha murabbiylar orasida APLdagi eng yuqori ko'rsatkichdir. Ikkinchi o'rinda "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta (1,48 mln) qayd etilgan bo'lsa, kuchli uchlikni "Everton" bosh murabbiyi Devid Moyes (1,23 mln) yakunlab turibdi.
La Ligada eng ko'p maosh oladigan murabbiy Diego Simeone sanaladi. "Atletiko" ustozi oyiga 2,17 mln evro maosh oladi. Ikkinchi o'rinda "Real" murabbiyi Karlo Anchelotti (910 ming), uchinchi o'rinda "Barselona" ustozi Xansi Flik (830 ming) nomi keltirilgan.
Bundesligada eng qimmat murabbiy Vensan Kompani hisoblanadi. "Bavariya" ustozi oyiga 750 ming evro ishlaydi. Keyingi pog'onalarda Xabi Alonso ("Bayer", 425 ming) va Marko Roze ("Leypcig", 375 ming).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar