So’nggi yangiliklar

13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   0 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  3 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1

"Nasaf" - "Neftchi" o'rtasidagi turning markaziy uchrashuvida hisob ochilmadi. Farg'onaliklar qatorasiga uchinchi bahsda ham durang o'ynashdi Yangiliklar

"Nasaf" - "Neftchi" o'rtasidagi turning markaziy uchrashuvida hisob ochilmadi. Farg'onaliklar qatorasiga uchinchi bahsda ham durang o'ynashdi

Superliga 3-tur doirasidagi "Nasaf" - "Neftchi" o'yini yakunlandi.

“Nasaf” — “Neftchi” 0:0 

29.03.2025. "Markaziy", Qarshi. 18:30
Bosh hakam:
 Axrol Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Dilshod Jumaniyozov
Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Akmal G'iyosov
Komissar: Shohrux Said

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Javohir Sidiqov (6.Murodbek Rahmatov, 58), 10.Dragan Cheran (s), 14.Sharof Muhitdinov, 17.Suhrob Nurulloev (22.Igor Golban,68), 18.Husayn Norchaev (80.Davronbek Usmonov, 68), 28. Shuhrat Muhammadiev, 77.Oybek Bozorov ( 24.Sardorbek Bahromov,89)

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 2.Alibek Davronov, 19.Stefan Kolovich, 20.Islom Kenjaboev,  33.Baxodir Halilov, 

"Neftchi": 25.Eldorbek Suyunov, 5.Ikromjon Aliboev (11.Quvondiq Ro'ziev,  85), 7.Abrorbek Ismoilov (24.G'ulom-Haydar G'ulomov, 85), 9.Shoxruh Gadoev (8.Vladimir Yovovich, 75), 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 20.Anvarjon G'ofurov (s), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 32.Zoran Marushich (17.Muhammadali G'iyosov,75), 34.Farruh Sayfiev, 77.Bilolxon Toshmirzaev

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 33. Shoxruhbek Yoqubjonov, 66.Doniyor Valiev

Ogohlantirish: 12 -  Shohruh Gadoev, 26 - Zafarmurod Abdirahmatov, 45+5 - Husayn Norchaev, 78 - Jamshid Iskanderov


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+3. Rahmatovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

90. Abdirahmatovning uzatmasidan so'ng Cheran boshi bilan zarba yo'lladi, biroq zarba noaniq

86. O'zgarish: G'ulomov va Ro'ziev maydonga tushdi. Ular Ismoilov va Aliboevni alishtirishdi

78. Ogohlantirish: Iskandarov ogohlantirildi

75. O'zgarish. Marushich va Gadoev maydoni tark etdi, ularning o'rniga Vladimir Yovovich va Muhammadali G'iyosov maydonga tushdi

74. Risqullaev o'zi VAR manitoriga bordi va ko'rdi. Penalti bekor qilindi

72. Cheran Bozorovni yaxshi imkoniyatga chiqardi. Oybekka qo'pollik ishlatildi va hakam penalti nuqtasini ko'rsatdi. Hozir VAR barchasiga oydinlik kiritadi



68. O'zgarish: Nurulloev va Norchaev maydoni tarke etdi, ularning o'rniga Golban va Usmonov maydonga tushdi

61. «Neftchi» tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Qanotdan boshlangan hujumni Iskandarov yakunlashga harakat qildi. Jamshidning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

58. Nurulloev Sayfievdan ajoyib tarzda o'tib ketdi va uzatmani amalga oshirdi. Suyunov o'z o'rnida

57. Sidiqov maydoni tark etdi, uning o'rniga Rahmatov maydonga tushdi

55. Ikkinchi bo'limda mezbonlar ustunlikni mehmonlarga topshirib qo'yishdi. Nematov yaxshi harakat qildi

46. Mehmonlar ikkinchi bo'limni hujumkor boshladi. Gadoevning boshi bilan yo'llagan zarbasi ozgina noaniq ketdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha biroz ustunlik mezbonlarda

45+5. Birinchi bo'lim so'nggida Norchaev ham ogohlantirildi

45+2. Suyunov to'pga chiqishda Norchaev bilan to'qnashib ketdi. Darvozabonga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda

Hakam birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

40. «Neftchi» ham asta sekinlik bilan raqib maydonchasiga borishga harakat qilmoqda. Farg'onaliklar to'pni o'z maydonchasidan uzoqlashtirdi

37. Muhitdinovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib, burchakka chiqib ketdi

35. Mozgovoyning boshi bilan yo'llagan zarbasini Eldorbek ushlab oldi

33. Qarshida iftorlik vaqti bo'ldi. Shu sababli Risqullaev futbolchilarga og'izni ochib olish uchun imkoniyat bermoqda

26. Ogohlantirish. Hozirgina ajoyib imkoniyatga ega bo'lgan Abdirahmatov Gadoevga qarshi ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirildi

25. Yana bir xavfli hujum. Abdirahmatovning yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

24. Nematov to'pni raqibga «sovg'a» qildi. Abror Ismoilovning uzoqdan yo'llagan zarba noaniq ketdi

20. Cheran markazda raqibdan ajoyib o'tdi va Nurulloevga to'pni uzatdi. Biroq Suhrobning raqib maydonchasiga uzatgan to'pini himoyachilar qaytardi

40. «Neftchi» ham asta sekinlik bilan raqib maydonchasiga borishga harakat qilmoqda. Farg'onaliklar to'pni o'z maydonchasidan uzoqlashtirdi

17. Bu safar Bozorovning o'zi zarba berishga qaror qildi. Uning uzoqdan yo'llagan kuchli zarba ancha noaniq ketdi

14. Bozorovdan yana bir ajoyib uzatma. Bu safar Nurulloev o'z imkoniyatidan foydalana olmadi. To'pni Suyunov ushlab oldi

12. Ogohlantirish. Shohruh Gadoev Nematovga qarshi qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi

8. Hozircha to'p asosan «ajdarlar»da, ular ko'proq hujum tashkil qilishga intilishmoqda

3. Mezbonlar ilk xavfli hujumni tashkil qildi. Norchaevning zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pni esa Bozorov darvozaga yo'lladi. biroq uning zarbasi noaniq ketdi

UCHRASHUV BOSHLANDI!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика