"Nasaf" etakchilaridan biri jamoadan ketayotganiga ishora qildi
27 dek 2025 07:30
Yangiliklar
"Nasaf" etakchilaridan biri jamoadan ketayotganiga ishora qildi
"Nasaf" etakchilaridan biri Sherzod Nasrullaev jamoadan ketayotganiga ishora qildi.
Himoyachi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida birinchi va so'nggi o'yinlaridan surat joylab: "Birinchi va so'nggisi", - deb yozib qoldirgan.
27 yoshli futbolchi "Nasaf" akademiyasidan chiqqan. U asosiy jamoada 2017 yildan beri harakat qiladi. Qarshiliklar safida Nasrullaev jami 200 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 35 ta assist qayd etgan.
Avvalroq, Sherzodning yangi jamoasi "Paxtakor" bo'lishi haqida xabarlar tarqalgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar