Rasman: "Andijon" gruziyalik futbolchi transferini elon qildi
26 dek 2025 18:56
Yangiliklar
Rasman: "Andijon" gruziyalik futbolchi transferini elon qildi
"Bu safar gruziyalik tajribali tayanch yarim himoyachisi Aleksandr Andronikashvili bilan kelishuvga erishildi.
Oxirgi ikki yarim mavsumni Gruziya Erovnuli ligasida “Dila” safida o'tkazgan futbolchi 2026 yilgi mavsumdan “Andijon” sharafini himoya qiladi.
Andronikashvili 1999 yilning 9 aprel sanasida Gruziyaning Tiflis shahrida tavallud topgan.
U faoliyatini asosan Gruziya chempionatida o'tkazgan bo'lib, bungacha “FC 35”, “Lokomotiv” (Tbilisi), “Shukura” va “Dila” klublarida to'p tepgan.
Gruziyalik yarim himoyachi bu yil chempionatda “Dila” safida 33 ta o'yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urdi. Bundan tashqari, ushbu mavsumda u UEFA Konfrensiyalar ligasi (4 o'yin, 1 gol), “David Kipiani” Kubogi (3 o'yin, 1 gol) va Gruziya Superkubogida (2 o'yin, 1 gol) ham qatnashgan.
Futbolchi “Dila” bilan birga mamlakat Kubogi hamda Superkubogini qo'lga kiritdi", – deyiladi andijonliklar xabarida.



Avvalroq "burgutlar" gruziyalik to'purar yarim himoyachi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar