Azmiddinov "Andijon"dan ketdi
26 dek 2025 17:05
Yangiliklar
Azmiddinov "Andijon"dan ketdi
Himoyachi Shahzod Azmiddinov "Andijon" klubi va uning muxlislari bilan xayrlashdi.
"Andijon"ga ushbu 6 oy uchun rahmat!
Bu vaqt men uchun muhim tajriba va yangi bosqich bo'ldi.
Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va jamoaga ishonch, qo'llab-quvvatlash va maydondagi kurash uchun minnatdorman.
Muxlislarga alohida rahmat — har doim yonimda bo'lganingiz uchun. Shartnoma yakunlandi, lekin bu davr xotiramda qoladi. Endi oldinga — yangi maqsadlar bilan", – dedi futbolchi.
25 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum "burgutlar" safida 15 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.
Avvalroq "Paxtakor" uni ortga qaytarayotgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar