So’nggi yangiliklar

13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   1 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  5 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1

Superliga. "Dinamo" safarda "Paxtakor"ni mag'lub etib, turnir jadvalining uchinchi o'rniga ko'tarilib oldi Yangiliklar

Superliga. "Dinamo" safarda "Paxtakor"ni mag'lub etib, turnir jadvalining uchinchi o'rniga ko'tarilib oldi

O'zbekiston Superligasi 3-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Dinamo" o'yini yakunlandi.

“Paxtakor” — “Dinamo” 0:1 

Gol: 60 - Anvarjon Hojimirzaev

29.03.2025. "Jar", Toshkent. 20:30
Bosh hakam: 
G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Avazbek Abdullaev
Zaxira hakami: Dias Galeev
Nazoratchi: Konistantin Smirnov
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Roziyabonu Yusupova
Komissar: Muhammadsodiq Sodiq-Oxunov

"Paxtakor": 19.Jonatan Luis, 3.Shahzod Azmiddinov (6.Muhammadali O'rinboev, 86), 4.Abdulla Abdullaev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 22.Umar Adhamzoda (30.Otabek Jo'raqo'ziev,86), 17.Dostonbek Hamdamov, 21.Bashar Resan (7.Hojiakbar Alijonov, 72), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 47.Jonatan Lukka (23.Abdurauf Bo'riev,72), 50.Flamarion Jovino, 11.Igor Sergeev

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 8.Diyor Xolmatov, 9.Ibrohim Ibragimov,   44.Mahmudjon Mahamadjonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 22. Ulug'bek Abdullaev, 7.Fransisko Jurani, 8.Sanjar Qodirqulov (11.Hislat Halilov, 70), 10.Anvarjon Hojimirzaev (55.Manuchehr Safarov, 88), 88.Marko Stanoevich, 9.Mirjahon Mirahmadov, 16.Richard Fraydey (25.Oybek O'rmonjonov, 65), 37.Firdavs Abdurahmonov ( 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 88)

Zaxira: 27.Edem Nemanov, 4.Akbar Abdurasulov, 14.Baxodir Nasimov,24.Muxsin Bozorov, 77.Vohidjon Oqbo'taev.
Ogohlantirish: 35 - Bashar Resan, 72 - Oybek O'rmonjonov


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'lim uchun 7 daqiqa qo'shib berdi

88. Ibrohimov va Safarov maydonga tushdi, ular Abdurahmonov va Hojimirzaevni alishtirishdi

86. Jo'raqo'ziev va O'rinboev maydonga tushdi, ular Azmiddinov va Adhamzodani alishtirishdi

82. Xojimirzaev maydonda yotibdi, unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda

78. O'rmonjonovning kuchli va aniq zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

72. Alijonov va Bo'riev maydonga tushdi. Bashar va Lukka maydoni tark etdi

70. Halilov Qodirqulovning o'rniga maydonga tushdi

68. Sobirxo'jaevning zarbasi xavfli chiqdi, uning zarbasi Markoga tegib, burchakka chiqib ketdi

66. Hamralievning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

65. O'zgarish: Richard Fraydeyning o'rniga O'rmonjonov maydonga tushdi

60. GOOOL. Anvarjon Xojimirzaev hisobni ochdi

56. Gol bekor qilindi. Hamdamov o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan

55. GOOOL. "Paxtakor" hisobni ochdi. "Sherlar"ning mavsumdagi ilk goliga Flamarion mualliflik qildi. Hamdamovdan assist. 

48. Markoning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasi juda xavfli chiqdi. Darvozabondan seyv

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi

41. Hojimirzaev Mirahmadovga yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq hujumchining zarbasi himoyachilarga tegmoqda

35. Ogohlantirish: Bashar simulaciya qilgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi

34. Doston Hamdamovning jarimadan yo'llagan zarbasini Yagudin ushlab oldi

26. Adhamzodaning uzatmasini Yagudin ushlab oldi

21. Ahdamzodaning uzatmasini Hamdamov boshi bilan zarba yo'lladi, biroq to'p noaniq ketdi

19. Mezbonlar to'liq ustunlikni qo'lga kiritishni boshlashdi. Basharning zarbasini darvozabon ushlab oldi

17. Hamdamovdan ajoyib uzatma. Sergeev yana bir bor aylanib oldi va zarba yo'lladi. Kuchli zarbaga aniqlik etishmadi

15. Sergeev yaxshi harakat qildi va zarba yo'lladi. Yagudin o'z o'rnida

13. Mezbonlar ilk zarbasini amalga oshirdi, biroq Sergeev ofsaydda qolib ketdi

5. Uchrashuv ancha sokin boshlandi. Har ikki jamoa markazni egallash uchun harakat qilishmoqda



Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика