APL. Gol+penaltilarga boy o'tgan “Man Siti” – “Lester" bahsida “tulkilar” 5:2 hisobida zafar quchdi
27 sen 2020 22:25
Yangiliklar


APL. Gol+penaltilarga boy o'tgan “Man Siti” – “Lester" bahsida “tulkilar” 5:2 hisobida zafar quchdi
O'yinda hisob 4-daqiqadayoq “shaharliklar” azosi Riyad Mahrez tomonidan ochildi. 37-daqiqada Kayl Uoker o'z jarima maydonida ichida raqib futbolchisiga qo'pollik ishlatdi va Jeymi Vardi mezbonlar darvozasi tomon belgilagan penaltini aniq amalga oshirdi.
2-taym o'rtalarida yana Vardi gol urib, “tulkilar”ni oldinga olib chiqdi. Mazkur vaziyatdan biroz o'tib, hakam Erik Garsiyaning qoida buzarligi tufayli o'yinda ikkinchi marotaba “Man Siti” darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Vardi esa bu safar ham zarbada adashmadi – 3:1.
77-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Jeyms Meddison oradagi farqni yiriklashtirdi. Natan Ake o'yin tugashiga oz qolganida hisobni qisqartirdi. Biroq, 88-daqiqada mehmonlar yana penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi va bu gal Yuri Tilemans Edersonni ojiz qoldirdi, yakuniy hisob – 5:2!
Manchester City Riyad Mahrez - 4', Nathan Ake - 84' Premier League . 3-tur 27/09/2020, 21:30
Leicester City Jamie Vardy - 37', Jamie Vardy - 54', Jamie Vardy - 58', James Maddison - 77', Youri Tielemans - 88' Stadion: 0 tomoshabin Bosh hakam: Michael Oliver
Manchester Siti – Lester 2:5 (1:1, 1:4)
«Etixad Stedium»
Gollar: 1:0 – 4 Marez, 1:1 – 37, penalti Vardi, 1:2 – 54 Vardi, 1:3 – 58, penalti Vardi, 1:4 – 77 Meddison, 2:4 – 84 Ake, 2:5 – 88, penalti Tilemans.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Mendi, Erik Garsiya, Ake, de Bryuyne, Fernandino (Delap, 51), Sterling, Foden (Ferran Torres, 64), Marez, Rodri.
Lester – SHmeyxel, Djastin, Kastan, Evans (Fuks, 80), Seyundjyu, Barns, Amarti, Tilemans, Mendi, Prat (Meddison, 69), Vardi (Ixeanacho, 85).
Ogohlantirishlar: Tilemans (22), Seyundjyu (47), Amarti (51), Ake (60).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar