So’nggi yangiliklar

07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  0 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  1 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  6 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0

APL. "Burgutlar" "tulkilar"ni ovlaydimi, "arilar" esa "oqqushlar"ni talamoqchi. 33-tur prevyusi Yangiliklar

APL. "Burgutlar" "tulkilar"ni ovlaydimi, "arilar" esa "oqqushlar"ni talamoqchi. 33-tur prevyusi

Bugun Angliya Premer-ligasida 33-tur bellashuvlariga start beriladi.

Turning markaziy bahsi bo'lgan "Manchester Yunayted" - "CHelsi" qarama-qarshiligiga bag'ishlangan prevyuni saytimiz orqali ertaga o'qishingiz mumkin bo'ladi. Quyida turning qolgan o'yinlariga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 33-tur
"Tottenxem" – "Bornmut"

15.04.2017, 16:30
"Uayt Xart Leyn"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend)

Ayni paytda Angliyada eng yaxshi formada bo'lgan "Tottenxem" bugun "Bornmut"ni mehmon qiladi. "SHporlar" uyda 11ta o'yindan beri faqat g'alaba qozonishayapti. Agar bugun ham Pochchettino shogirdlari yutuqni o'zlariniki qilishsa, klub tarixida uyda ketma-ket g'alabalar rekordini takrorlashadi. 1919/1920 yilgi mavsum jamoa uyda tinimsiz 12ta g'alabani qo'lga kiritgan.

"Bornmut" esa oltita o'yindan beri safarda g'alaba qozona olmayapti. Bu uchrashuvda katta ustunlik mezbonlar tomonida bo'ladi. Mehmonlar esa o'yinni himoyadan qurishlariga to'g'ri keladi.

Qiziq:

- "Tottenxem" Premer-ligada "Bornmut"ga qarshi uchta o'yinning ikkitasida g'alaba qozongan (2 g'alaba, 1 durang), ana shu bellashuvlarda sakkizta gol urib, bitta gol o'tkazib yuborgan;
- Xarri Keyn "shporlar"ning "Bornmut"ga urgan sakkizta golidan beshtasiga mualliflik qilgan (63 %);
- Faqat Romelu Lukaku (13) va Xarri Keyn (11) 2017 yil Premer-ligada Joshua King va Dele Alli (10ta)dan ko'proq gol urgan;
- "Tottenxem" faqatgina 1919/1920 yilgi mavsumda (12) bir mavsum davomida uyda ketma-ket g'alaba qozonish borasida joriy mavsum (11)dan yaxshiroq natija ko'rsatgan.



"Kristal Pelas" – "Lester"
15.04.2017, 19:00
"Selxerst Park"
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll)

Mavsum davomida murabbiy almashganidan keyin super formaga kirib olgan ikkita jamoaning o'zaro to'qnashuvi. Har ikki klub 2017 yilning o'zida Premer-ligada 15 ochkodan jamg'ardi. Katta Sem "Pelas"ni inqirozdan olib chiqib ketdi. Uning uchun bu odatiy holat, u doimo inqirozga tushib borayotgan klublarni jonlantira olgan.

"Lester" esa "Everton" va "Atletiko"dan qabul qilib olingan ikkita mag'lubiyatdan keyin yana uch ochko uchun kurashadi. Bu qarama-qarshilikda imkoniyatlar teng deb baholash mumkin.

Qiziq:

- Bugun "burgutlar" tarixda ilk bor Premer-ligada o'z maydonlarida ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba qozonishlari mumkin;
- Faqatgina "Tottenxem" (18) APLda oxirgi oltita o'yinda "Kristal Pelas" va "Lester" (15 ochkodan)dan ko'proq ochko jamg'argan;
- Uilfrid Zaa yana bitta golli pas bersa, "Pelas" tarkibida bir mavsumda ko'p golli uzatmani amalga oshirish borasidagi etakchi Ueyn Rautlejga etib oladi (2004-05 mavsumda 9ta golli pas).



"Everton" – "Bernli"
15.04.2017, 19:00
"Gudison Park"
Bosh hakam:
Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn)

"Everton" so'nggi paytlarda uyda haqiqiy yirtqichga aylandi, "Bernli" esa safarda bu mavsum umuman yutmagan. Kuman shogirdlarining hozirgi holatidan kelib chiqib mezbonlarni yaqqol favorit deyish mumkin. Lukaku ayni paytda o'zining eng yaxshi formasida va u bugun Maykl Kin boshchiligidagi himoya qo'rg'oniga katta tashvish keltirishi mumkin.

Qiziq:

- "Everton" Premer-ligada "Bernli"ga qarshi oldingi ikkita uy uchrashuvida ham raqibni nolga o'ynab mag'lub etgan;
- "Bernli" bu mavsum APLda 16ta safar uchrashuvida bor yo'g'i 4 ochko yiqqan (0 g'alaba, 4 durang, 12 mag'lubiyat);
- Tom Xiton joriy mavsum Premer-ligada eng ko'p seyvni amalga oshirdi (120ta).



"Stok Siti" – "Xall Siti"
15.04.2017, 19:00
"Britannia"
Bosh hakam:
Styuart Atvell (Nunaton)

Etakchilarga munosib qarshilik ko'rsatishi bilan ajralib turadigan "Stok Siti" bugun "Xall Siti"ni mehmon qiladi. Lekin, mezbonlar chempionatda beshta uchrashuvdan beri g'alaba qozona olishmayapti. Mana shunday qiyin holatdan chiqib ketish uchun "Xall" juda yaxshi raqib. Sababi, "yo'lbarslar" safarda yomon natija qayd etishmoqda.

Qiziq:

- "Stok Siti" Premer-liga doirasida "Xall Siti"ga qarshi oxirgi to'qqizta o'yindan faqat bittasini yutqazgan;
- "Xall" Marko Silva bosh murabbiy bo'lgach, APLda 17 ochko jamg'ardi. Lekin, ulardan atigi 1 ochkosini safarda olgan.



"Sanderlend" – "Vest Xem"
15.04.2017, 19:00
"Stadium of Layt"
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem)

"Sanderlend" katta ehtimol bilan mavsum yakunida CHempionshipga ravona bo'ladi. Jamoa o'yin jihatidan ham hech narsa ko'rsata olmayapti. Kamiga, butun mavsum davomida jarohatlar Moyesni qiynab kelayapti. "Vest Xem" esa mana shunday raqiblar bilan bellashuvlarda ochko qo'lga kiritishi kerak. Aks holda, keyingi mavsum Bilichning o'rnini boshqa mutaxassis egallashi mumkin.

Qiziq:

- "Vest Xem" Premer-ligada "Sanderlend"ga qarshi oxirgi ettita o'yinda mag'lub bo'lmagan (4 g'alaba, 3 durang);
- "Bolg'aurarlar" 2008/2009 yilgi mavsumdan beri ilk bor "Sanderlend"ni ikki bor taslim etishlari mumkin.



"Uotford" – "Suonsi"
15.04.2017, 19:00
"Vikarij Roud"
Bosh hakam:
Li Meyson (Bolton)

"Uotford" chempionatda qolish masalasini deyarli hal qilib bo'lgan, Maccari shogirdlari hotirjam harakat qilishadi. Troy Dini etakchiligidagi jamoa bugun favorit. "Suonsi"ga esa g'alaba juda zarur, chunki jamoa ayni paytda xavfli hududda turibdi. Lekin, Klement shogirdlari hozir yaxshi formada emas.

Qiziq:

- Bu "Uotford" va "Suonsi" uchun Premer-ligada o'zaro to'rtinchi to'qnashuv bo'ladi. Hozircha tenglik - ikki klubda bittadan g'alaba va bitta durang;
- Troy Dini APLda asosiy tarkibda maydonga tushgan oxirgi sakkizta o'yinda oltita gol urgan.



"Sautgempton" – "Manchester Siti"
15.04.2017, 21:30
"Sent-Meris"
Bosh hakam:
Nil Suorbrik (Lankashir)

"Sautgempton" o'tgan turda "Vest Bromvich"ni mag'lub etdi va ularga yaqinlashib oldi. "Avliyolar" mavsum davomida bir maromni ushlab tura olishmayapti. Ushbu o'yinga mezbonlar hujumchisi Manolo Gabbyadini tiklanishi mumkin, lekin bu aniq emas. Agar futbolchi maydonga tusha olsa, bu mezbonlarga qo'shimcha kuch berishi mumkin.

"Manchester Siti" oldingi turda to'rt o'yinlik g'alabasiz seriyasiga barham berdi. Bugun ular favorit hisoblanishadi. Aguero, Sane, Sterling, De Bryuyne va Silvalardan iborat hujum chizig'i istalgan jamoa himoyasini parokanda qilishi mumkin.

Qiziq:

- "Sautgempton" jamoasi "Manchester Siti"ga qarshi so'nggi ettita o'yindan faqat bittasini yutgan (1 g'alaba, 2 durang, 4 mag'lubiyat);
- Serxio Aguero "avliyolar" darvozasini ishg'ol qilish uchun 264 daqiqa sarflagan, bundan yomonroq ko'rsatgich faqat "Everton"ga qarshi qayd etilgan (312 daqiqa);
- Aguero Premer-ligada aprel oyida o'tkazilgan oxirgi 11ta o'yinning barchasida gol urgan (14ta).



"Vest Bromvich" – "Liverpul"
16.04.2017, 17:30
"Xautorns"
Bosh hakam:
Jonatan Moss (Yorkshir)

"Vest Bromvich" uyda quvnoq jamoa. "Liverpul"dek hujumkorlikni yaxshi ko'radigan klubga qarshi qiziq o'yin bo'lishi shubhasiz. Toni Pyulis jamoasi etakchilarga qarshi yaxshi o'ynasada, ko'p yutqazadi.

"Liverpul" tarkibida Sadio Mane mavsum oxirigacha safdan chiqdi. Lekin, Firmino bu turda maydonga tushishi mumkin. Klopp jamoasi buyog'iga faqat g'alaba qozonishi kerak. Aks holda, CHempionlar ligasiga yo'llanma beruvchi o'rinlardan quruq qolishi ham mumkin.

Qiziq:

- "Liverpul" jamoasi "Xautorns" stadionida 2011 yilning oktyabridan beri g'alaba qozona olmagan;
- "Vest Bromvich" bu mavsum Premer-ligada burchak zarbasidan keyin eng ko'p gol urgan (14ta);
- Koutino APLda ketma-ket uchta o'yindan beri gol urayapti. Agar braziliyalik ertaga ham muvaffaqiyat qozonsa, tarixda birinchi bor ketma-ket to'rtta bahsda gol urgan bo'ladi.



"Manchester Yunayted" – "CHelsi"
16.04.2017, 20:00
"Old Trafford"
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir)


"Midlsbro" – "Arsenal"
17.04.2017, 23:59
"Riversayd"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester)

"Midlsbro" bu mavsum eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoalardan biri, lekin klub CHempionshipga tushib ketish arafasida turibdi. CHunki, hujumdagi ishlar juda yomon.

"Arsenal" esa hali ham alahsirab yuribdi. Venger bilan bog'liq fleshmoblar esa butun dunyoda keng ko'lam yozdi. SHunga qaramay, O'zil, Uolkott, Sanches kabi ijrochilarga ega bo'lgan "to'pchilar" bu to'qnashuvda favorit hisoblanishadi.

Qiziq:

- "Midlsbro" Premer-ligada "Arsenal"ga qarshi oxirgi to'rtta uy uchrashuvida mag'lub bo'lmagan (2 g'alaba, 2 durang);
- "Midlsbro" APLda aynan "Arsenal"da eng ko'p gol o'tkazib yuborgan (29ta o'yinda 62ta gol).




Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика