So’nggi yangiliklar

19:51ПРО-Лига. "Шўртан" камчиликда "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратди  1 19:36Начо Европанинг бошқа клуби шарафини ҳимоя қилмайди  0 19:17Ҳакамлар Суперлига 6-тур ўйинларида нечта хатога йўл қўйишди?  1 19:06Жоржиньо "Арсенал" билан янги шартнома имзолади  0 18:31Зиеш "Челси"га қайтмайди  2 18:11"Барселона" Кубарси билан янги шартнома имзолади  5 17:50Фоден, Деклан Райс, Сака ва бошқалар — АПЛ мавсумнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 17:27"Тоттенхэм" таркибини тубдан ўзгартиради  0 17:12ПРО-Лига. "Дўстлик" - "Машъал": Асосий таркиблар маълум  2 16:55Моуриньо: "Ўша таклифни рад этиб, хато қилганман"  5 16:41ПРО-Лига. "Шўртан" – "Қўқон-1912": Асосий таркиблар маълум  1 16:23Ўзбекистон футзал МТЖ дунёнинг биринчи рақамли жамоаси билан ўртоқлик ўйинлари ўтказади  10 16:05"Манчестер Юнайтед" АПЛ юлдузи учун курашга қўшилди  1 15:44Холанд АПЛнинг "энг яхши ёш футболчиси" соврини қўлга киритиши мумкин   5 15:21Стефано Пиоли А Сериянинг бошқа бир грандида иш бошлаши мумкин  0

Anvar Xojimirzaev: "De Bryuynega faqat "Qo'qon-1912"da emas, yoshligimdan o'xshatishadi" - "shunqorlar"ning gol "mashinasi" Anvar Xojimirzaev bilan intervyu Yangiliklar

Anvar Xojimirzaev: "De Bryuynega faqat "Qo'qon-1912"da emas, yoshligimdan o'xshatishadi" - "shunqorlar"ning gol "mashinasi" Anvar Xojimirzaev bilan intervyu

Bu yil nafaqat "Qo'qon-1912"ning balki Pro liganing to'purari bo'lib turgan Anvar Xojimirzaev raqiblar darvozasiga 10ta gol urdi.

"Dinamo" hujumchisi Joel Kojo bilan teng ko'rsatkich qayd etib turgan futbolchi faoliyatidagi eng sermahsul mavsumni o'tkazmoqda. Anvar Xojimirzaev so'nggi 3 yilda raqiblar darvozasini 14 bor aniq nishonga olgan va shundan 10tasi joriy mavsumga to'g'ri keladi. "SHunqorlar"ning "snayperi" bo'lib turgan Anvar Xojimirzaev kecha bo'lib o'tgan "Yunired" bilan uchrashuvda ham chiroyli gol urdi va bu gol amalda mezbonlarga uch ochko keltirdi. Umumiy hisobda u 13ta uchrashuvda 13ta foydali ishni amalga oshirgan 10+3. O'yindan so'ng Anvar Xojimirzaev bilan suhbatlashish istagi tug'ildi. 

- "Yunired" bilan o'yin haqida...

- Intervyuga taklif qilganingiz uchun katta rahmat. "Yunired" bilan qiyin ammo yaxshi o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham oxirigacha kurashdi. Maydonda jang kechdi, desam mubolag'a bo'lmasa kerak. Muxlislar ham chiroyli o'yin guvohiga aylanishdi. 

- Ikkinchi davrada jamoa "SHo'rtan", "Mashal", "Yunired" kabi jamoalar bilan o'ynadi. Oldinda kutayotgan Superliga yo'llanmasi uchun asosiy raqobatchilar bilan uchrashuvlarga ham tayyormisizlar?

- Albatta. Murabbiylar shtabi va jamoadoshlarimga ishonaman. Bu g'alabalar bilan to'xtab qolish noto'g'ri. Xudo xohlasa Superliga yo'llanmasini qo'lga kirita olamiz, degan umiddaman. Bunga ishonaman. 

- Bu yil faoliyatingizdagi eng yaxshisi bo'lyapti. Murabbiylar sizni to'purarlik salohiyatingizni ochdimi? 

- Hammasi xudodan. Ota-onamiz duolari va jamoadoshlarim mehnati sabab gollar uryapman. Bir o'zim natijaga erisha olmayman. 

- 28 yoshdasiz va ko'pchilik bunga qadar faoliyatingiz qanday kechganini bilmaydi. Bu borada malumot bera olasizmi?

- Farg'oaning "Istiqlol" va "Neftchi", "Navbahor" jamoalarida to'p tepganman. 2013 yilda faoliyatimni boshlagan bo'lsam, asosiy qismini Birinchi liganing "Kosonsoy", "Xotira-79", "Istiqlol" jamoalarida o'tkazganman. Ilgari quyi ligalar bugunidek kuzatuvda va etiborda bo'lmagan. Nasibamiz shu ekan, xudoga shukur qilamiz. Kimdir kech, kimdir erta ko'zga ko'rinadi. 

- 2020 yil Andrey Kanchelskis boshqarayotgan "Navbahor" safiga borib qo'shilgansiz. Aslida namanganliksiz, shunday ekan nima uchun "lochinlar" tarkibida o'ynab keta olmagansiz?

- Barcha murabbiyni o'z uslubi bor. Balki Andrey Kanchelskisni uslubiga mos kelmagandirman. Xullas kelisha olmadik va ketishga qaror qildim. 

- De Bryuyne laqabini qachon berishgan?

- Aslida yoshligimdan De Bryuynega o'xshatishadi. Odam odamga o'xshaydida (kuladi). O'yinlarini kuzatib boraman, yuqori saviyadagi futbolchi. 

- Mavsum oxirigacha nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

- Xudo xohlasa, nasib qilganini ko'ramiz. Birinchi maqsadim "Qo'qon-1912" bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика