APLda "Oltin qo'lqop" kimga nasib etishi malum bo'ldi
04 may 2024 15:19
Yangiliklar


APLda "Oltin qo'lqop" kimga nasib etishi malum bo'ldi
"Arsenal" posboni David Rayya Angliya Premer-ligasining eng yaxshi darvozaboni bo'ldi.
"To'pchilar" kiperi joriy mavsum yakunlariga ko'ra "Oltin qo'lqop" sovrini g'olibiga aylandi. Kecha "Everton" posboni Jordan Pikford "Luton"ga qarshi bahsda (1:1) gol o'tkazib yuborgandan so'ng Rayyaning sovrini kafolatlandi.
Rayya joriy mavsum APLning 29ta uchrashuvida ishtirok etib, 14ta bahsda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Pikfordda esa 12ta "quruq" o'yin bor va u ko'pi bilan ispaniyalikning natijasini takrorlashi mumkin.
David Rayya 2023 yilning avgustida ijara asosida "Brentford"dan "Arsenal"ga o'tgan edi. Joriy mavsum u 23ta gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 25

Fikrlar