Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
14 jan 2020 23:33
Yangiliklar
Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Liverpul" yarim himoyachisi va sardori Jordan Henderson Angliyaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu haqida mamlakat Futbol Associaciyasi (FA) matbuot xizmati malum qildi.
29 yoshli futbolchi mazkur sovrin uchun kurashda Raxim Sterling va Xarri Keynlarni ortda qoldirdi.
Henderson o'tgan yil Angliya terma jamoasi libosida 7ta uchrashuvda maydonga tushdi. "CHernogoriya"ga (5:1) qarshi o'yin u uchun milliy jamoa libosidagi 50-bahsga aylandi. SHuningdek, Jordan terma jamoaga Evro-2020 final bosqichiga chiqishga va Millatlar Ligasida 3-pog'onani egallashga yordam berdi.
Klub miqyosida esa Henderson ECHL, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdi.
Fikrlar