Angliyada mavsumning eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi
29 apr 2019 09:11
Yangiliklar


Angliyada mavsumning eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi
Professional futbolchilar associaciyasi talqiniga ko'ra, mavsumning eng yaxshi o'yinchilari taqdirlandi.
Unga ko'ra, mavsumning eng yaxshi o'yinchisi nomiga “Liverpul” Virjil van Deyk loyiq ko'rildi. Virjil bu yo'lda Sadio Mane (“Liverpul”), Rahim Sterling, Serxio Aguero va Bernardu Silvu (“Man Siti”), Eden Azar (“CHelsi”) larni ortda qoldirdi.
Mazkur sovrin 1973/74 yilgi mavsumdan beri topshirilib keladi. O'tgan mavsum bu sovrinni “mersisaydliklar”ning boshqa bir o'yinchisi Muhammad Saloh qo'lga kiritgandi.
Malumot uchun, Van Deyk joriy mavsum APLning 36 ta o'yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi. Atigi bir marta sariq kartochka oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar