Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Garet Barri butsalarini mixga ildi
27 avg 2020 17:55
Yangiliklar
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Garet Barri butsalarini mixga ildi
"Vest Bromvich" jamoasi futbolchisi Garet Barri 39 yoshda futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Garet Barri faoliyati davomida "Aston Villa" hamda "Manchester Siti" jamoalari sharafini himoya qildi. U "shaharliklar" tarkibida Angliya chempionati va kubogida g'olib chiqqan edi. Angliya terma jamoasi tarkibida umumiy hisobda 53ta uchrashuvda maydonga tushdi. Terma jamoa bilan Evro-2008 va JCH-2010 da ishtirok etdi.
Fikrlar