Angliya Superkubogi. "Lester" "Manchester Siti"ni mag'lub qildi. Grilishdan omadsiz debyut
07 avg 2021 23:18
Yangiliklar
Angliya Superkubogi. "Lester" "Manchester Siti"ni mag'lub qildi. Grilishdan omadsiz debyut
"Uembli" stadionida "Lester" hamda "Manchester Siti" o'rtasida Angliya Superkubogi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ushbu o'yinda "Lester" "Manchester Siti" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib Angliya Superkubogi g'olibiga aylandi. Yagona gol Kelechi Ixeanacho tomonidan kiritildi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan "Siti"ning yangi futbolchisi Jek Grilishning debyuti jamoaga unchalik ham omadli kelmadi.
Lester – Manchester Siti 1:0
Gol: 88' penalti, Kelechi Ixeanacho«Uembli»
Lester – SHmeyxel, Rikardu Pereyra, Seyundjyu, Amarti, Bertran, Tilemans, Ndidi, Barns, Meddison, Peres, Vardi.
Manchester Siti – Steffen, Ake, Joau Kanselu, Ruben Diash, Mendi, Gyundogan, Fernandino, Ferran Torres, Palmer, Marez, Edozi.
Fikrlar