ANGLIYA - ITALIYA 1:2. MATNLI TRANSLYACIYA
15 iyu 2014 04:57
Yangiliklar
ANGLIYA - ITALIYA 1:2. MATNLI TRANSLYACIYA
JCH-2014 doirasidagi Angliya - Italiya uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
ANGLIYA – ITALIYA 1:2
15 iyun. 03:00
Bosh hakam: Born Kuypers (Gollandiya)
Yordamchi hakamlar: Sander Van Rokel (Gollandiya), Ervin Zeinstra (Gollandiya)
Zaxira hakami: Valter Lopez (Guatemala)
Angliya: 1.Jo Xart, 2.Glen Jonson, 3.Lleyton Beyns, 4.Stiven Jerrard, 5.Gari Kexill, 6.Fil Jagielka, 9.Daniel Starrij (20.Adam Lallana, 80), 10.Ueyn Runi, 11.Dani Uelbek (21.Ross Barkli, 62), 14.Jordan Xenderson (7.Jek Uilsher, 73), 19.Rahim Sterling.
Italiya: 12.Salvatore Sirigu, 3.Jorjo Kellini, 4.Matteo Darmian, 6.Andrea Kandreva (18.Marko Parolo, 80), 8.Klaudio Markizio, 9.Mario Balotelli (17.CHiro Immobile, 73), 15.Andrea Barcali, 16.Daniele De Rossi, 20.Gabriel Paletta, 21.Andrea Pirlo, 23.Marko Verratti (5.Tiago Motta, 57).
Gollar: Klaudio Markizio, 35 - 0:1. Daniel Starrij, 37 - 1:1. Mario Balotelli, 50 - 1:2.
Ogohlantirish: Sterling 90
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
90+5. Uchrashuv tugadi. Italiya ilk turda g'alabaga erishdi.
90+3. Pirlo!!! Uning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darovza to'siniga tegib qaytdi
90+2. Sterling Paroloni yiqitgani uchun ogohlantirildi
90. O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi. Italiya birinchi turda Angliyani nokaut yoki mot qila oladimi?
89. Angliya futbolchilari faqat olis masofadan zarba berishmoqda. Noaniq, noaniq va noaniq.
87. Zarbaaaaa! Runiiiii! Noaniq!!
85. Jerrard jarima to'pini amalga oshirdi, noaniq
82. Italiyaning qarshi hujumi. "Borussiya"ga o'tgan Immobile xatoga yo'l qo'ydi
81. Inglizlar ko'p bor oddiy to'p oshirishda texnik xatolarga yo'l qo'yishmoqda... barchasiga shoshilish sabab
80. O'zgarish. Angliya. Starrij o'z o'rnini Lallanaga bo'shatib berdi
79. O'zgarish. Italiya. Kandrevaning o'rniga Marko Parolo tushdi
76. Beynsning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Sirigu qiyinchilik bilan bartarf etdi. Runi burchak to'pini amalga oshirishda xatoga yo'l qo'ydi.
76. Kellini Uelbekni yiqitdi, jarima to'pini inglizlar tepishadi.
73. O'zgarish. Italiya. Balotelli o'rniga CHiro Immobile to'shdi
72. Angliya ikki bor burchak to'pini amalga oshirishdi, ikkinchisida Glen Jonsonning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi
69. Ikki xil butsa kiyib olgan Balotellini Kexill yiqitdi, bosh hakam himoyachi bilan yaxshilab gaplashib oldi
68. Mana qarshi hujum! Kandrevaning jarima maydoni yaqinidan yo'llagan zarbasi darvozaga bormadi, reklama shitiga tegib chiqib ketdi
68. Italiyani shu hisob qoniqtiradi, shu bois ular to'pni o'zlarida saqlab turishga harakat qilishmoqda
64. Navbat Ross Barkliga. Yosh futbolchining zarbasidan so'ng to'pni Sirigu qaytardi
64. Darmian! Bu futbolchini birinchi bor eshitib turganlar ko'p, u esa hozir gol urishga yaqin kelgandi.
63. RUNIIIIIIIIIIII! Qanday vaziyat! Beynsdan to'pni qablu qilib olgan Ueyn darvozaga zarba berdi, to'pni darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi va orqada turgan videokamerani sindirdi, eh qimmat bo'lsa kerak!
61. O'zgarish. Angliya. Uelbek o'rniga Ross Barkli tushdi
60. Starrijning zarbasi! CHap oyoqda berilgan zarba biroz noaniq ketdi
59. Xavfli vaziyat! Kandreva o'ng qanotdan to'pni oshridi, Balotelli zarba berishga urindi, ammo Xart to'pga birinchi bo'lib ega chiqdi
57. O'zgarish. Italiya. Verratti o'rniga Tiago Motta tushdi
56. Endi Jerrard raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam qatiy qaror qabul qildi: Penalti yo'q
54. Zarbaaaaaaaaaa! Runi 17 metrdan darvozaning uzoq pastki burchagiga zarba berdi, to'p biroz noaniq ketdi!
52. Uelbek raqib jarima maydoni ichida Kellini bilan to'qnashib ketdi. Bosh hakam penalti belgilash uchun asos yo'q deb hisobladi
50. O'ng qanotdan Kandreva chap oyog'i bilan to'pni havodan darvoza yoniga oshirdi, barchadan baland sakragan super Mario boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:2.
50. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL, Balotelli!
49. Beyns burchak to'pini amalga oshirdi, to'pga hech kim eta olmadi
48. Starrij!! 20 metrlardan darvozaga yo'llangan kuchli va aniq zarbani Sirigu qaytardi
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Dastlabki bo'lim statistikasi bilan tanishing:
To'pni egallab turish: 40:60
Zarbalar: 6:8
Aniq zarbalar: 3:3
Burchak to'plari: 2:3
O'yindan tashqari holat: 0:1
Qoida buzish: 4:7
45+2. Dastlabki bo'lim tugadi, hozircha 1:1. Tanaffusda Urugvay va Kosta Rika o'rtasidagi o'yinda urilgan gollarni tomosha qilib turing. Manba
45+1. Oxoxo! Balotelli!! Mario to'pni jarima maydoni ichida egallab oldi, Xart darvozasini tashlab chiqib ketdi, buni ko'rgan hujumchi chiroyli tarzda to'pni darvozaga yo'lladi, ammo Fil Jagielka boshi bilan o'z jamoasini goldan qutqarib qoldi!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi
44. Darmian! Himoyachi jarima maydoni yoniga kelib chap oyoqda kuchli zarba berdi, hujumchi emasligi tufayli to'p ancha noaniq ketdi.
43. Qiziq holat. Angliya terma jamoasi hisobni tenglashtirgan vaqtda jamoa fizioterapevti Gari Levin oyog'ini qayrib oldi, uni shifoxonaga olib ketishdi.
41. Xendersonning zarbasi yo'liga himoyachilar g'ov bo'lishdi, yaxshigina og'rigandir.
38. Ikkala jamoaga ham rahmat! Uyqusi kelganlarni uyg'otib berishdi. Davom etamiz.
37. Ueyn Runi chap qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydoniga oshirdi, ikki himoyachidan o'tib ketgan to'pni Starrij darvozaga joylab qo'ydi - 1:1.
37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Starrij 1:1!!!
35. Burchak to'pidan so'ng to'p Pirlo tomonga borayotgandi, Andrea to'pni nafis, ohista harakat bilan o'tkazib yubordi. Uning ortida turgan Markizio kuchli va aniq zarba bilan Jo Xartni ojiz qoldirdi - 0:1.
35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL, Markizio!!! 0:1!!!
33.Xavfli vaziyat! De Rossi-Darmian-Balotelli kombinaciyasidan so'ng Mario boshi bilan darvozaga zarba berdi, kuchsiz va noaniq.
32. Jerrard jarima to'pini amalga oshirdi, to'g'ri darvozaga yo'llangan zarbadan so'ng to'pni Sirigu ushlab oldi.
30. Ana xolos! Sterling Kellini yiqitdi. Matiz va Buldozer to'qnashuvida Buldozer jabr ko'rdi.
27. Hozirgi vaqtga qadar Italiya to'pni o'zida ko'proq saqlab turibdi - 60:40.
26. Darmian 19 yoshli Sterlingning oyog'iga zarba berdi, yoshlarni ehtiyot qilaylik
25. Inglizlar ikkala tomondan burchak to'pini amalga oshirishdi, hech qanday naf chiqqani yo'q.
24. Xavfli vaziyat! Uelbek o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib borib Starrijga to'pni oshirdi, Barcalining oyoqlariga tekkan to'p darvoza yonidan o'tib ketdi
23. Balotellining zarbasi xavfli chiqdi, biroz noaniq.
22. O'yinga qaytamiz, Uelbek jarima maydoni ichida yiqilib tushdi. "Kim yiqilsa penalti berib yotishibdiku nega sen bermading" deganday hakamga qarab qo'ydi Uelbek
21. Uxlab qolmaslikning eng yaxshi yo'li, uxlash)
19. Babam! Kandrevaning 20 metrlardan darvozaga yo'llagan zarbasi Xart uchun kutilmagan bo'lib chiqdi, Jo to'pni qaytardi, lekin ushlab qololmadi.
17. Italiya juda ko'p bor hujumlarni o'ng qanotdan tashkil qilmoqda. Darmian va Kandreva faol
15. Glen Jonson! CHap oyoqda darvozaga zarba berdi, kuchli lekin noaniq
13. Starrij o'ng qanotdan oldinga o'tib jarima maydoniga kirdi va zarba berdi, himoyachiga tegib sekinlashdi va Siriguning qo'llariga borib tushdi
12. Bugun Kellini chap qanot himoyasida o'ynamoqda. SHu bois ko'p bor oldiga o'tib sheriklariga to'pni oshirmoqda
11. Italyanlar himoyada xatoga yo'l qo'yishdi, Uelbekning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi ham xato bo'ldi
10. Buffon maydonga tushmagani uchun Italiyani
9. "Torino"da o'ynaydigan Darmian o'ng qanotda ancha faol o'ynamoqda. Himoyadayam, hujumdayam...
8. Italiyaning hujumi! Darvozaga zarba beradigan mard topilmadi, Pirlo to'pni jarima maydoniga olib kirayotganda to'p Jonsonning qo'liga tegdi, biroq uning qo'li tanasiga yopishib turgani uchun gollandiyalik hakam xushtagini chalgani yo'q.
7. Tomonlar hech qanday tekshiruvlarsiz o'yinni boshlab yuborishdi, bahs zerikarli emas.
5. ZARBAAAA! Xendersonning dahshatli zarbasini Sirigu qaytardi! Qoyil, ikkalasigayam
3. VUH! Rahim Sterling! Kichkinagina futbolchi chamasi 20 metrlardan darvozaga zarba berdi, to'p Sirigu qo'riqlayotgan darvoza to'rining tashqi tomoniga tegib qaytdi.
2. Matteo Darmian o'ng qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydoniga oshirdi, Kexill to'pni osmonga tepib yubordi
1. Italiya hujum bilan boshladi, Balotelli, so'ngra Darmian to'pga eta olmadi.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- O'yinni ko'k kiyimda harakat qiladigan Italiya terma jamoasi boshlab beradi. Inglizlar oppoq formada.
- Diqqat, Italiya madhiyasi, ular madhiyani o'zgacha kuylashadi! Kutilganidek bo'lmadi, afsus. Ammo maydonda ikkala jamoa ham ajoyib o'yin ko'rsatishsa bo'ldi, asosiysi ham shu aslida.
- Birinchi bo'lib inglizlar madhiyani kuylashmoqda.
- Born Kuypers boshchiligida Angliya va Italiya milliy terma jamoalari "Arena Amazoniya" stadioniga chiqib kelishdi.
- Stadion tunelida esa ikkala jamoa futbolchilari ko'rinish berishdi. Roy Xojson Pirlo bilan iliq so'rashb qo'ydi. Qoyil, Xojson zaxira o'rindig'idagi barcha italiyalik futbolchi bilan so'rashib chiqdi, "salom shoh xursandman, salom shoh"...
- Stadionga yig'ilgan mahalliy muxlisalar turli plakatlarni ko'tarib olishgan. Ular orasida "Manaus shahri Angliyani sevadi", "Men Jerrardni sevaman" degan plakatlar ham borligi diqqatimizni tortdi. Ha... sevgi Braziliyada ham sevgi...
- Uxlab qolmagan muxlislar sahifa tagiga bugungi taxminiy hisoblarini yozishlari mumkin.
- Angliya va Italiya bugunga qadar 24 bor kuch sinashishgan. Kichik ustunlik "Skuadra Adzurra" tomonida 9ta g'alaba. Inglizlar hisobida esa 8ta g'alaba mavjud. 7 bor tomonlar durang qayd etishgan. To'plar nisbatida esa Tumanli albion vakillari oldinda: 30-27
Oxirgi o'yin (15.08.2012) : Angliya – Italiya - 2:1 (Yagielka, Defo - De Rossi)
- Telesharhlovchilarga maza. Ular uxlab qolayotgan muxlislarni uyg'otib yuborish uchun balandroq gapirishsa kifoya... bizda bunday imkoniyat yo'q)
- Assalomu alaykum qadrli, futbolga sodiq muxlislar! Soat tungi 3 bo'layotganiga qaramay Angliya va Italiya o'rtasidagi o'yinni kutib o'tirgan o'quvchilar oldida bosh egaman. Ushbu uchrashuvni Narzulla Saydullaev yoritib boradi.
- O'yin soat 03:00da boshlanadi.
Fikrlar