Angliya 7-divizioni jamoasi Xolandning qisqa ijarasi bo'yicha “Man Siti”ga rasmiy taklif yubordi
15 noy 2022 08:45
Yangiliklar
Angliya 7-divizioni jamoasi Xolandning qisqa ijarasi bo'yicha “Man Siti”ga rasmiy taklif yubordi
Non-liga vakili “Eshton Yunayted” Erling Xolandning ijarasi bo'yicha “Manchester Siti”ga taklif yubordi.
Klub rasmiy saytidagi malumotga ko'ra, quyi liga vakili Xolandni 28 kunga ijraga olmoqchi.
“Bu haqiqatan mantiqqa ega. “Siti” o'ynamaydi (JCH-2022 tufayli) va Erlingga jismoniy holatini saqlab qolishiga yordam bermoqchimiz. 6 hafta golf o'ynashdan ko'ra yaxshiroq.
O'ylashimcha, u bizga to'g'ri kelardi, jamoamizga mos tushadi”, deydi “Eshton Yunayted” ustozi Maykl Klegg.
Mazkur jamoa hozirda o'z chempionatida 19 turdan keyin 25 ochko bilan 22 ishtirokchi orasida 11-o'rinda bormoqda.
Fikrlar