So’nggi yangiliklar

01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  2 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  3 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  1 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  9 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0 23:06Расман: Ноябрь ойида Ўзбекистон Мисрга қарши ўйнайди  9 22:55Холанд фаолиятида 4-марта АПЛда ой футболчиси бўлди  0 22:29Алексис Мак Аллистер ЖЧ-2026 ғолибини тахмин қилди  4 21:58Ўзбекистон термаси собиқ бош мураббийи: "Каннавародан кўра Кападзе термага кўпроқ мос эди"  26 21:44Жамолиддин Раҳматуллаев: "Ишлашимиз керак бўлган жиҳатлар кўп"  0 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни йирик ҳисобда мағлуб қилди  5 20:53Марсело Бьелса: "Ўзбекистон билан ўйин жиддийроқ бўлади"  10 20:13А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  1 19:56​Бразилия Кореяни тор-мор келтирди  6

Andrey SHipilov: "Metallurg" "Paxtakor" darajasidagi jamoa emas" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Metallurg" "Paxtakor" darajasidagi jamoa emas"

Superliga 3-turida "Paxtakor" - "Metallurg" bahsidan keyin mehmonlar murabbiyi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




“Paxtakor”ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz 2 turni mag'lubiyatsiz o'tkazdik, lekin bugun bizga mobil shakllangan o'zbek futbolining etakchilaridan biri to'qnash keldi. Bugun daraja o'z so'zini aytdi. Stadionga kelganlar ko'rishdi, bizda 30 daqiqagacha darvozani ishg'ol etish uchun qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Gol ura olmadik va o'tkazib yubordik. Ahmoqona 2-gol, to'rtinchisi esa umuman tushunarsiz. 3:0 bo'lib turganida ajoyib to'p kiritdik, yana gol urishga vaziyatlar bo'ldi, zaxiradan foydalanishga ham ulgurmadim va to'rtinchisini qabul qildik. Butun hafta davomida bu boshqa jamoa, raqibga nafas olish, boshini ko'tarishga imkon bermaslik kerak deb uqtirgandim. Mahorat, individiul mahorat baribir o'z so'zini aytdi. Statistika qaraydigan bo'lsak, bugun bizda etarlicha standart vaziyatlar bo'ldi. Ishlashda davom etamiz, bu endigina 3-tur. Hech qanday xavotir yo'q, xafa qilgani esa tajribali futbolchilarimizning men o'ylagan darajadek o'ynay olishmagani bo'ldi. “Paxtakor”ni juda yaxshi o'rgangandik. “Buxoro”, “Navbahor”ni ko'rganimiz yo'q, “Spartak” bilan o'yinni tomosha qilgandim. Barcha holatlar, kamchiliklarni shu o'yindan tahlil qildik. Bugun esa ularning deyarli barchasi o'yin davomida bajarildi. Yagona narsa to'p darvozaga kirmadi. Tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketganimizda, bahs boshqacha bo'lgan bo'lardi. Buni aniq ayta olaman. Boisi, qanday raqib bo'lmasin barchasini o'rganib chiqamiz – “Surxon”, "Qo'qon-1912”, “Paxtakor” … Men va murabbiylar shtabi “Paxtakor”ning chempionatdagi, Ligadagi o'yinlari, futbolchilarining termadagi ishtirokini diqqatlik bilan taxlil qilib boramiz. Imkoniyatlarimiz cheklangan, ammo undan maksimum tarzda foydalanamiz. Hozir kiyim almashtirish xonasiga kirib, hech kimga tanbeh berishni istamadim. “Paxtakor” o'z o'yinini namoyish etadi, barchasi tanish holat. Biroq, individual mahorat shu kabi o'yinlarning mikrolahzalarida hal qiluvchi rolni o'ynaydi.

1- va 2-o'yinda “Metallurg”da hujum hamda himoyada bog'liqlik bor edi, bugun esa bu ko'rinmadi?

Bunga to'g'ri etibor beribsiz. Bugun tarkibda biroz o'zgarish yuzaga keldi. Ammo bu 11 o'yinchi bilan butun mavsumni o'tkazish mumkin degani emas. Tarkibda rotaciya amalga oshirmoqdamiz, bugun Ixtiyor To'shpo'latov chap qanot himoyachisi sifatida o'ynadi. U juda yaxshi harakat qildi va men undan qoniqish hosil qildim. Doniyor Narzullaev kuchayib bormoqda. Ixtiyor ham Narzullaev ham bizda 3 oydan beri o'ynamoqda. CHumak mashg'ulotlar vaqtida kutilmagan tarzda jarohat oldi, uni asradim va uning 2-taymda tushishi o'yin suratini o'zgartirdi. Salamat o'yin ritmiga biroz tushmay qoldi, ammo u 2 tur natijasiga ko'ra o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgan edi. Jamoaviy o'yin intizomi birinchi o'rinda turadi. "Metallurg" "Paxtakor" darajasidagi jamoa emas". Tarkibida bir qancha terma jamoa o'yinchilari jam bo'lgan “Paxtakor” kabi jamoaga qarshi yana intizomliroq o'ynash zarur bo'ladi. O'ylashimcha, bahsga agressiv jihatdan to'g'ri yondasha olmadik. 1-taymdan keyin va o'yin tugaganidan so'ng kiyim almashitirish xonasiga kirib, shogirdlarimga 1-daqiqadan boshlab, to 95-daqiqaga qadar o'ynash zarurligini tushuntirib o'tdim. Kichik SHipilovda diskvalifikaciya bo'lmaganida, u bugun o'ynagan bo'lardi. CHumak esa jarohati bois 2 kun davomida mendan inekciya olishga ruxsat so'radi. Hech qanday fors-major holat yo'q, agarda hammasi joyida bo'lganida ular bugun asosiyda tushgan bo'lishardi.

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика