So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  2 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  5 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

Andrey Miklyaev: "Biz ham raqib kabi guruhdan chiqishni istaymiz, ammo bu qiyin bo'ladi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Biz ham raqib kabi guruhdan chiqishni istaymiz, ammo bu qiyin bo'ladi"

Teglar :  Andrey Miklyaev
OCHL 4-turi doirasida "Lokomotiv" - "Al Duhayl" (Qatar) jamoalari o'rtasidagi uchrashuv oldidan "temiryo'lchilar" ustozi Andrey Miklyaev hamda futbolchi Sanjar SHoahmedov o'z fikrlarini bildirdi.

Andrey Miklyaev: "Tushunib turganingizdek oldimizda qiyin o'yin kutib turibdi. "Al Duhayl"ni yaqindagina qo'lga kiritgan mamlakat chempionligi bilan tabriklayman. Ular 5:0 hisobida g'alabaga erishishdi. Ertangi o'yin haqida, qiziqarli o'yin kutib turibdi. Raqib tarkibida yuqori texnikali futbolchilar juda ko'p, buni ko'p ko'rdik. O'z maydonimizda o'ynaymiz. Muxlislar bizni qo'llab quvvatlashadi. Guruhdan chiqish uchun imkoniyatlar etarli. Ertaga yaxshi o'yin ko'rsatib o'zmiz uchun kerakli natijani qo'lga kiritishga intilamiz"

Himoyada o'zgarish bo'ladimi yo'qmi? Hozircha bu haqida gapira olmayman. Ertaga buni hal qilamiz. O'tgan o'yinda rotaciya qilishga majbur bo'ldik. Ha, uchta golni ketma ket o'tkazib yubordik. Biroq ikkinchi bo'limda tezkor gollar kiritdik. Ammo omad kelmadi, mag'lubiyatdan qutulib qola olmadik.

Birinchidan, oldimizga rahbariyat tomonidan jiddiy vazifalar qo'yilgan. CHempionat va kubokdagi maqsadlar tushunarli, OCHLda esa iloji boricha uzoqroqqa borishni istayapmiz. Albatta xatolar juda ko'p bo'lmoqda. CHunki futbolni busiz tasavvur qilibb o'lmaydi. Yigitlarga rahmat, o'yinga qayta olishdi. Baribir nimalardir etishmadi. Tanaffusda shogirdlarimga ko'rsatmalar berdik. Ikkinchi bo'limda esa yaxshi o'ynashdi, o'yinni nazorat qila oldik.

G'alaba qozonish uchun futbol o'ynash kerak. Biz buning uchun qattiq harakat qilamiz. Gol urib, o'tkazmasligimiz lozim. Durang ham bizni qanoatlantirmaydi.

10-raqamdagi Nam Tae Xi, 19-raqamdagi futbolchi ham ancha tezkor. SHuningdek, jamoa sardori ham menda yaxshi taassurot qoldirdi. Raqiblar ham, biz ham OCHLda guruhdan chiqishni istaymiz. Biroq bu oson bo'lmaydi.


Sanjar SHoahmedov:
- Ertaga yutishga harakat qilamiz. Yaxshi o'yin bo'ladi degan umiddaman. Qaysi jamoa yaxshi o'ynasa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi.

Qatarliklarning kuchsiz jihatini ko'rmadim. Ular har doim oxirigacha o'ynashadi. Kecha yig'ilganimizda aytdik, barcha o'yinda etakchi bo'lishi kerak. Ertaga xudo xohlasa shunday bo'lishiga umidvorman.


Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Al Duhail" uchrashuvi 12 mart kuni soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика