Andrey Miklyaev: “Bunday natijadan keyin nima deyishni ham bilmayman... Argentina – Yamayka – 5:0”

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2019, 11:09
O'zbekiston Liga Kubogi 1-turi doirasidagi “Dinamo” – “Surxon” (5:0) uchrashuvidan keyin termizliklar bosh murabbiyi Andrey Miklyaev o'yin haqida fikr bildirdi.

- Bunday natijadan keyin nima deyishni ham bilmayman... Argentina – Yamayka – 5:0! Bugun aksariyat yoshlarni sinab ko'rmoqchi edik. Birinchi bo'limda unchalik yomon ko'rinishmadi, ammo ikkinchi goldan keyin jamoa jismonan tayyor emasligi ko'rinib qoldi, “Dinamo” o'yin tizginini qo'lga kiritib, to'liq ustunlik qildi. Chalqancha gol, uzoqdan gol, raqiblar istaganlaricha gollar urishdi. Na iloj, “Dinamo”ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga yarasha natija bo'ldi. Bunday natija bilan mag'lubiyatga uchrash, juda noqulay.
Ushbu Kubokda jamoa oldiga vazifa bormi? Bugungi vazifamiz zaxiradagilarni ham sinab ko'rish edi. Xatolarni ustida ishlaymiz. “Dinamo”ning ikkinchi bo'limdagi o'zgarishlari ham o'yinini kuchaytirdi, bizning o'zgarishlar esa samarasiz bo'ldi.


Usmon Ibodov yozib oldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz