So’nggi yangiliklar

21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  2 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  1 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  1 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  24 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  6 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  11 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  2 17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  1 16:14"2027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Қарори эълон қилинди  1 15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  2 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  2

Andrey Kanchelskis: "Yaqin kelajakda Xitoyga ketmoqchiman, hozircha ikkita ishni davom ettiraman" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Yaqin kelajakda Xitoyga ketmoqchiman, hozircha ikkita ishni davom ettiraman"

"Navbahor"ning rossiyalik yangi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis rus matbuotiga bergan intervyusida O'zbekiston chempionati darajasi, Xitoyga ketmoqchiligi va qancha muddatga shartnoma imzolagani haqida gapirib o'tdi.

Quyida "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisning rus matbuotiga bergan intervyusini taqdim etamiz.


- Yangi klubda sizni qanday kutib olishdi?
- Hammasi yaxshi o'tdi. Men hozir ishga sho'ng'iganman.

- Umuman "Navbahor" varianti qanday paydo bo'ldi?
- Agentlarim bir qator takliflar bo'yicha ish olib borishayotgandi. SHuningdek, Xitoy variantlari borasida ham ishlanayotgandi. Mayli, bu variant yaqin kelajakda amalga oshishi mumkin. Hozir biz Namanganda ish boshladik. Meni oldimda "Navbahor"ning qolgan o'yinlarini munosib tarzda o'tkazish vazifasi qo'yilgan. Hech bo'lmaganda hozirgi o'rnimiz, yani uchinchi o'rindan pastga tushib ketmasligimiz lozim. Imkon bo'lsa teparoqqa ko'tarilishga urinib ko'ramiz. Biz OCHLga yo'llanmasi uchun kurashyapmiz. OCHLga esa dastlabki ikki o'rinni va kubokni qo'lga kiritgan jamoalar yo'l olishadi. Agarda "Paxtakor" kubokni oladigan bo'lsa, unda bizga yaxshi. CHunki o'shanda 3-o'rin ham OCHL yo'llanmasiga ega chiqadi. Oldimda turgan vazifa ancha qiyin. Kamiga ko'plab o'yinlarni safarda o'tkazishimizga to'g'ri keladi. Raqiblar ichida esa "Lokomotiv" va "Paxtakor" singari jamoalar bor.

- O'zbekiston chempionati saviyasini qanday baholaysiz?
- Ochig'i, hozir buni baholay olmayman. Tarkibdagi futbolchilarga nazar soldim, umuman olganda yomon emas. Yaxshi darajadagi futbolchilar bisyor. Yakuniy bahoni esa o'yinlarni o'tkazib bo'lgach beraman.

- SHartnoma qancha muddatga tuzilgan?
- Bu mavsum yakuni va keyingi yil so'nggiga qadar.

- Rossiya talabalar terma jamoasi bilan "Navbahor"dagi faoliyatingizni bir vaqtda davom ettiraverasizmi?
- Ha, buni inkor etmayman. Talabalar terma jamoasi har doim ham yig'ilavermaydi. Bo'sh vaqtim bo'lganda ularni yig'ib yig'in o'tkazaveramiz. Talabalar ligasi rahbariyatiga menga bildirayotgan ishonchi uchun minnatdorchilik izhor etaman. U erda ajoyib insonlar ishlashadi. Ikkala ishimni davom ettirishga qarshiligim yo'q. Ayni paytda esa asosiy ish joyim O'zbekistonda. Hozircha rejalar shunday.

- Rossiya chempionatini kuzatib borasizmi?
- Albatta. O'zbekistonda Rossiyaning barcha kanallari ko'rsatadi. Rossiya chempionatini kuzataman.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика