Kanchelskis murabbiylik faoliyatiga qaytdi

Mirjalol Normatov
19 dek 2024, 22:28
"Navbahor"ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Bryanskning "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

Bugun klub matbuot xizmati Kanchelskisning tayinlanuvini e'lon qildi.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, ushbu jamoa "Irtish"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lib, A ligadan B ligaga tushib ketgandi.

Kanchelskisning so'nggi ish joyi "Muras Yunayted" bo'ldi va 2024 yilning yozida iste'foga chiqqandi. Bunga qadar u "Torpedo-Zil", "Ufa", "Yurmala" va "Navbahor" kabi jamoalarda ham ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: t.me/fc_dinamobr/4087