So’nggi yangiliklar

17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли"  12 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  1 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  1 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  42 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  13 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  2 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  68 12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  1 12:19Каннаваро Тошкентда   21 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  30

Andrey Kanchelskis: “O'zbek xalqi g'alabaga munosib hissa qo'shgan” Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: “O'zbek xalqi g'alabaga munosib hissa qo'shgan”

Bugun 9 may – Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, II jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 75 yillik bayrami.

Ushbu ayyom munosabati bilan “Navbahor”ning rossiyalik bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskis yurtimizdagi urush hamda mehnat faxriylarini tabrikladi. Quyida uning tabrigini etiboringizga havola etamiz.

- Bugungi Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, fashizm ustidan qozonilgan buyuk g'alabaning 75 yilligi munosabati bilan, barcha o'zbekistonlik urush hamda mehnat faxriylarini tabriklayman.

Urush yillarida o'zbek xalqi mardlik namunasini namoyish etib, janggohlarda ko'plab o'zbekistonliklar mardonavor jang qilishgani, ularning ko'pchiligi shunday tinch, dorilomon kunlarga etib kelishimiz uchun o'z jonlarini fido qilishganini kitoblarda o'qib, filmlarda ko'rganmiz.

Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan o'zbekistonliklarning xotiralari qalbimizda abadiy saqlanadi va ularning jasoratlari unutilmaydi.

Urush bo'layotgan shaharlardan O'zbekistonga evakuaciya qilingan ko'plab oilalar hamda bolalarga o'zbekistonliklar boshpana berishgani, urush sababli, etim qolgan bolalarni farzand qilib, boqib olishgani, front ortida ham o'zbekistonliklarning samarali mehnat qilishgani tarixdan malum.

Umuman olganda, o'zbek xalqi jahonni fashizm balosidan xalos etishga, buyuk g'alabaga o'zining munosib hissasini qo'shgan.

Fursatdan foydalanib, ayni paytda hayot bo'lgan II jahon urushi qatnashchilari, shuningdek, front ortida mehnat qilgan faxriylarga uzoq umr, sog'liq-salomatlik tilab qolaman.
Baxtimizga urush hamda mehnat faxriylari hamisha sog' bo'lishsin!", - deydi Andrey Kanchelskis.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика