Andrea Pirlo: "Biz "Portu"ga ular istaganidek o'ynashga imkon berdik"
18 fev 2021 07:53
Yangiliklar


Andrea Pirlo: "Biz "Portu"ga ular istaganidek o'ynashga imkon berdik"
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo "Portu"ga qarshi o'yindan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Dastlabki daqiqadayoq bunday gol o'tkazib yuborishga jim qarab turish qiyin. Futbolchilarda shundan keyin ishonch kamayib ketdi. Bu keyinchalik o'yinning chiqishiga halal berdi. Baxtimizga Kezaning mahorati evaziga muhim gol ura oldik va endi asosiy etiborimizni javob o'yiniga qaratamiz.
"Portu" CHempionlar ligasida muntazam ravishda o'ynaydi. Biz ular istaganidek o'ynashlariga imkon berib qo'ydik. To'p bilan tezroq harakatlanishimiz kerak edi. "Portu" markazdagi bo'sh zonani yaxshi berkita oldi va biz qanot orqali harakatlanishimizga to'g'ri keldi. Bu oson emas.
Tezkor gol o'tkazib yuborganimizdan keyin, vaziyat qiyinlashib ketdi", - dedi Pirlo.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar